Yangiliklar
Qarshi tumani adliya bo'limi tomonidan tuman Ichki ishlar bo'limi bilan hamkorikda ”Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ'ibot tadbirlari bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Kat” mahallasida fuqarolari o'rtasida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Aholiga qulay bo‘lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.
Ҳукумат қарори билан ногиронлиги бўлган ёшларга субсидия ажратишнинг маъмурий регламентлари тасдиқланган.
Kitob tuman adliya bo'limi hamda davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan birgalikda tumandagi Sharq yulduzi mahallasi hududidagi fuqarolar bilan sayyor qabul o'tkazildi.
Chiroqchi tuman adliya bo'limi YUXKM bilan hamkorlikda tumanning Tarag'ay mahalla fuqarolar yig'inida xotin-qizlar va fuqarolar uchun "Huquqiy savodxonlik kuni" tashkil etildi.
Xabaringiz bor joriy yilning 1-dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan o'tkazish maqsadida Umummilliy Konstitutsiya imtihonining final bosqichi bo'lib o'tgan edi.
Bugun, Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasida yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida “Yoshlar va qonun” tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.
Tanlovda ishtirokchilar 4-shart asosida bellashishdi hamda ularning huquqiy bilimlari sinaldi.
G‘olib jamoa aniqlanib, tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Muborak tuman adliya bo’limi va tuman IIB xodimlari hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Qizil hudud"ga mansub "Quruvchilar" mahallasida Jinoyat sodir etishga moyilligi bor yoshlar o’rtasida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.
Shahrisabz shahar adliya bo’limi tomonidan Shahrisabz shahar Pedagogika institut rahbariyati bilan hamkorlikda 9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag’ishlangan "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik" mavzusida targ’ibot tadbiri amalga oshirildi.
Tadbir davomida Shahar adliya bo'limi boshlig'i O.Umarov tomonidan ishtirokchilarga O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonuni mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.
Bugun iqtisodiyot fakulteti faollar zalida Asosiy qonunimizning 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni institut birinchi prorektori Azamat Xayriddinov olib bordi. Unda respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Lola Saodatova, viloyat yuridik texnikumi direktori Risolat Abdullayeva, ushbu texnikum katta o‘qituvchisi Sanjar Amirov, institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Yulduz Rahmonova, yoshlar yetakchisi Abbos Vohidov, fakultet o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalar ishtirok etdilar.
Ma’lumki, har bir davlatning jahon maydonidagi o‘rnini belgilab beradigan, fuqarolarining erkin hayot kechirishlarini ta’minlashning huquqiy asosi bo‘lgan konstitutsiyasi muhim yuridik hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqchilligi, inson manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilganligi bilan ham o‘z mavqeiga ega hujjatdir.
Jonli muloqot tarzida o‘tgan va savol-javobga boy bo‘lgan tadbir davomida yer yuzidagi Konstitutsiyalar va ularda belgilangan tamoyillar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh qonuniga kiritilayotgan o‘zgartishlar mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.