Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

10
15-oktabr-“Xalqaro qishloq ayollari kuni

Kasbi tuman adliya bo‘limi, prokuratura, ichki ishlar, davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan birgalikda “15-oktabr-“Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga bag‘ishlab tumandagi olis xududiga kiruvchi “Shakarjo‘y” MFYda qishloq ayollariga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda qonunchilikda xotin-qizlarga beriladigan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berilib, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan ayollarga amaliy yordamlar ko‘rsatildi hamda zarur hujjatlari rasmiylashtirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, 8 nafar fuqaroning murojaatlariga joyida huquqiy maslahatlar berilib, 3 nafarning murojaati bo‘lim ish yurituviga olindi. 

10
Bilasizmi

Fuqarolarning banklardagi omonatlari boʻyicha haq toʻlash maqsadida bankning tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan eʼtiboran 2 oy mobaynida kreditorlarni aniqlash hamda Markaziy bankning majburiy zaxiralari fondiga depozitga qoʻyilgan debitorlik qarzlari va mablagʻlarini olish choralarini koʻradi.

Mazkur mablagʻlar birinchi navbatda tugatilayotgan bankning fuqarolar omonatlari boʻyicha qarzlarini toʻlashga yoʻnaltiriladi.

(https://lex.uz/docs/42074#42153) Fond oraliq tugatish balansini olgan kundan boshlab 3 kun ichida fuqarolarning omonatlari boʻyicha haq toʻlash tartibi va muddatlarini eʼlon qiladi.

Fuqarolarning omonatlari boʻyicha haq toʻlashni Fond ommaviy axborot vositalarida xabar eʼlon qilingandan soʻng 10 kun ichida boshlashi shart. Haq toʻlash Markaziy bankning roziligi bilan Fond belgilaydigan bank (agent bank) tomonidan amalga oshiriladi.

10
Sayyor qabul tashkil etildi.

Qamashi tuman adliya bo‘limi va davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi “Do‘stlik” MFYda aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 459-son qarori, xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar, mexnat qonunchiligi va boshqalar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 10 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilib,  davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan  6 ta fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

07
OYNING ENG YAXSHI XODIMI

Qashqadaryo viloyati
Adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlarida
2022-yil sentyabr oyi
yakuni boʻyicha
“OYNING ENG YAXSHI XODIMI”

Huquqiy xizmatlar boʻlimi katta maslahatchisi
Muminov Jonibek Hakimovich

07
Korrupsiya millat kushandasi

Kasbi tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida “Korrupsiya millat kushandasi” mavzusida hamda yangi qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

07
Sayyor qabul davomida....

Joriy yilning 7-oktyabr kuni Qarshi tuman adliya bo‘limi va davlat xizmatalari markazi xodimlari tomonidan “Xonyon” MFYda aholi o‘rtasida sayyor qabul tashkil etildi.

06
Adliya hudud

Qashqadaryo viloyati adliya organlari tizimida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha mahallalarda huquqiy profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tuzilmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tadbirlar mobaynida aholini qiynab kelayotgan muammolar va ularning huquqiy yechimiga alohida to‘xtalib, jinoyatni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillar tahlil etilmoqda.

06
Diplom dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati ishga tushdi

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

05
ADLIYA FAXRIYLARIGA EHTIROM KO'RSATILDI

Ustoz sifatida o‘z tajribasi va hayot yo‘li bilan barcha xodimlar uchun o‘rnak, tom ma’noda ibrat bo‘la olgan mehnat faxriylariga 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Qashqadaryo  viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Ustozlarga ehtirom" deb nomlangan "Uch avlod" uchrashuvi tashkil etildi.

05
YURIDIK XIZMAT XODIMLARI E'TIROF ETILDI

Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati yo'lga qo'yilganligining bir yilligi munosabati bilan davlat organlari va tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko'rsatishdagi samarali mehnati uchun respublikamizdagi qator markaz rahbarlari Adliya vazirining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.