Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

18
Adliya hudud

Joriy yilning 18 yanvar kuni G‘uzor tuman adliya bo‘limi YXKM tomonidan tuman adliya bo'limi DXMga tashrif buyurib, o'z navbatini kutib turgan fuqarolar o'rtasida   www.advice.uz elektron huquqiy maslahat platformasi haqida targ'ibot-tashviqot o'tkazildi.

Xususan, targ'ibot ishtirokchilariga ushbu platformadan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”ga asosiy o'zgarishlar va boshqa sohalarga oid  hammaga tezkor bepul-huquqiy maslahat, o'zlarini qiziqtirgan savollariga yoki qiynab kelayotgan muammolariga tezkor javob olishi tog'risida hamda foydalanish tartibi bo'yicha tushuntirishlar berildi.Bundan tashqari, DXM markazida joylashgan "MADAD" muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti xodimi ham faoliyat olib borayotganligi hamda fuqarolarning murojaati bo'yicha bepul -huquqiy maslahat olishi mumkinligi haqida ma'lumotlar berildi.

18
Adliya hudud

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan faoliyatining asosiy maqsadi viloyat hududida fan, adabiyot, san’at va madaniyat sohasidagi muallif, san’atkor, ijodkor va ijrochilar (huquq egalari) hamda ularning huquqiy vorislari mulkiy huquqlarini boshqarish, himoya qilish, huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishlarini ta’minlashga ko‘maklashuvchi San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Shuningdek intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida adliya boshqarmasi va bo‘limning kelgusida hamkorlikdagi ishlari kelishib olindi.

16
HAR BIR SOHA MA’SULLAR NAZORATIDA!

Bugun tuman hokimligi ma’sullari T.Ergashova, O.Normurodov, tuman DXX xodimi S.Badalov, tuman FHDYO bo‘limi mudirasi O.Ashurova hamda tuman bosh imom xatibi X.Xonimovlar hamkorligida tumandagi “Tanga orom” jome’ masjidida masjid imomlari va uning noiblari ishtirokida tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, shuningdek, sha’riy nikohlarni oldini olish, yoshlarni turli yot va buzg‘unchi g‘oyalardan asrash, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida ma’sullar tomonidan tumanda diniy mutaassiblikka berilib ketishning oldini olish, mahallarda qonuniy nikohdan o‘tmagan yosh oilalarni sha’riy nikohi o‘qilayotgani oqibatida oilaviy ajrimlarga sabab bo‘layotgani to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi va ushbu sohadagi ishlarni tartibda solish to‘g‘risidagi qonun talablari tushuntirildi.

16
Bilasizmi?

Yangi quriladigan ko'p kvartirali uylarni chiqindi to'plash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi. (https://lex.uz/docs/-6154708)

(https://lex.uz/docs/6154708) Shuningdek, yangi quriladigan ko'p kvartirali uylarning chiqindi to'plash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi to'plash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.

15
"QIZIL" HUDUDDA TARG‘IBOT TADBIRI

Bugungi kunda mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish va amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahallalarda huquqbuzarliklarni oldini olish, xavfsiz muhitni yaratish maqsadida “mahallabay” huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi tadbir Shahrisabz shahridagi qizil toifaga kiruvchi “Sinabog‘” MFY aholisi o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman adliya bo'limi, tuman IIB xodimlari, MFY yettiligi hamda mahalla aholisi ishtirok etdi. 
Uchrashuvda dastlab mahallada sodir etilgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib,  ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokama etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga o‘g‘irlik, firibgarlik, tovlamachilik, kiberxavfsizlik kabi jinoyatlar va bu jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralari, korrupsiya va odam savdosi jinoyatlarining ayanchli oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tildi.

15
Er va xotinning har biri mashgʻulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda erklidir.

Er va xotinning har biri mashgʻulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda erklidir. (https://lex.uz/docs/104720#158691)

Xotiniga (eriga) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish maʼmuriy (https://lex.uz/docs/97664#6437241) yoki jinoiy (https://lex.uz/docs/111453#6438712) javobgarlikka sabab boʻladi.

15
Adliya hudud

Dehqonobod tumani adliya bo'limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi,  tuman IIB rahbar xodimlari va MFY yettiligi ishtirokida “qizil” toifaga kiritilgan “Do'stlik” MFYda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda MFY fuqarolariga jinoyatlarning salbiy oqibatlari, jinoyatga jazo muqarrarligi va yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.

15
HARBIYLAR DAVLAT XIZMATLARI E'TIBORIDA

Shu kunlarda joylarda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda.

Joriy yilning 12- yanvar kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Qarshi va G'uzor tumanidagi  harbiy xizmatchilarga Harbiy xizmatchilarga davlat xizmatlarini ko'rsatishda yanada qulaylik yaratish uchun MOBIL (sayyor) davlat xizmatlari ko'rsatilishi tashkil etildi. 

12
G‘UZOR TANDIR GO‘SHTI” - GEOGRAFIK KO'RSATGICH SIFATIDA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZILDI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining koʻmagi bilan joriy yilning 8-yanvar kuni “GʻUZOR TANDIR GOʻSHTI” geografik koʻrsatkich sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

11
NORMA IJODKORLIGI: AMALIYOT VA MUAMMOLAR

Qashqadaryo viloyat hokimligi va adliya boshqarmasi hamkorligida mahalliy davlat hokimiyati organlari, viloyat, tuman (shahar) tizimlarida faoliyat yuritayotgan masʼul xodimlar ishtirokida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaror loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish tartiblari boʻyicha bilim hamda malakalarini oshirish maqsadida amaliy seminar mashgʻulot tashkil etildi.