Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

17
Sayyor qabul

G'uzor tumanida Respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tmoqda. Qabulda ishtirok etayotgan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Murodulla Eshnazarov fuqarolar murojaatini o'rganib, huquqiy maslahatlar bermoqda.

17
Shuhrating porlasin toki bor jahon

Qarshi tumanidagi tashkilot  va umumta'lim maktablarida "Bayrog'im-g'ururim" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

16
Adliya targ'ibot

Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida “Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda adliya, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qabul qilingan qonun hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, davlat ramzlari ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

16
Ochiq muloqot

Joriy yilning 15 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Xasanjon Nasimov, boshqarmaning huquqiy xizmatlar bo‘limi masʼullari hamda Qarshi shahar adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazining xodimlari ishtirokida Qarshi shahar sanʼat maktabida Qarshi shahridagi yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan davlat tashkilotlari, jumladan shahar Xalq taʼlim bo‘limiga qarashli umumtaʼlim maktablar, davlat maktabgacha taʼlim muassasalari va boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari, kadrlar bo‘yicha menejerlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ochiq muloqot davomida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, taʼlim va tarbiya sohasiga tegishli yangi qonunlar, taʼlim muassasalari tomonidan buyruqlar va shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi va shartlari tushuntirib o'tildi.

16
Adliya targ'iboti

Qashqadaryo viloyat Madaniyat boshqarmasi va uning joylardagi bo'limlari, "Uzbekkonsert" DM viloyat bo'limi va ijod ahli vakillari ishtirokida "Mualliflik va turdosh huquqlar hamda uning himoyasi" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomoda Mualliflik huquqi — keng maʼnoda — fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, foydalanish va huquqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi va fuqarolik huquqining bir boʻlimi ekanligi aytib o'tildi.
Shuningdek, mualiflik huquqi tor maʼnoda — asar muallifiga tegishli boʻlgan va qonunlarda mustahkamlanib qoʻyilgan shaxsiy va mulkiy huquqlar tizimini tashkil etishi, mualliflik huquqi boʻyicha munosabatlar har bir davlatga xos qonunlar va xalqaro konvensiyalar bilan tartibga solinishi haqida tushuntirildi.

16
Muqaddasdir vatan bayrog'i

Kitob tuman Davlat xizmatlari markazi jamoasi 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barchani muborakbod etadi!

16
Shuhrating porlasin toki bor jahon

1992-yil 10-dekabr - “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

15
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etish, o'tkazish va targ'ib qilish faoliyati uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Adliya vazirligi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlari to'g'risidagi qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyoti tahlil qilindi.

15
Jadid tafakkuri

Avval ma'lum qilinganidek, Adliya vazirligi tizimidagi yuridik ta'lim muassasalari talab-o'quvchilari o'rtasida “Jadid tafakkuri” stipendiyasi ta'sis etildi hamda uning saralash bosqichlari o'tkazildi. Bugun Adliya vazirligida ushbu stipendiya tanlovining final bosqichi bo'yicha sinovlar bo'lib o'tmoqda.

15
Rasmiy munosabat

Facebook ijtimoiy tarmog'ining Xalq bilan muloqot guruhida 2022 yil 12noyabr kuni YAkkabog'da tuman tibbiyot birlashmasi hududidagi yerlarni tekshiradigan organ bormi?. sarlavhali maqol e'lon qilingan.