Yangiliklar
#adliya_hudud
Bilimlar kuni munosabati bilan Mustaqillik darsi o'tildi.
Nishon tumani adliya bo‘limiga reja asosida biriktirilgan tumanning Samarqand MFY hududida joylashgan 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Bilimlar kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda yangi maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida maktabning 5-, 6-, 7-, 9- va 11-sinf o‘quvchilari bilan alohida sinflarda “Konstitutsiya, huquq va majburiyat” mavzusida huquqiy targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida o‘quvchilarga Konstitutsiyada belgilangan huquq va majburiyatlar, ularning kundalik hayotdagi ahamiyati hamda qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
????Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️
???????? MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!
Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik va yangilanishlar Vatanimiz taraqqiyoti sari dadil qadamlarimizning yorqin ifodasidir.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha omon va birdam bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yangi O‘zbekistonimiz ravnaq topaversin!
???????? Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i S.Nuriyev
#Mustaqillik_35_yil
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADLIYA XODIMLARI TAQDIRLANDI
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr bildirdi. Shuningdek, huquqiy islohotlarni hayotga tatbiq etishda adliya organlarining muhim o‘rni haqida alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng bayram munosabati bilan tizimda samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi "Esdalik nishoni", O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi "Esdalik qo'l soati", Adliya vazirligining Faxriy yorlig'i hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
???????? Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
ADLIYA TIZIMIDA KO‘P YILLAR FAOLIYAT YURITGAN FAXRIYLAR E’ZOZLANDI
Bayram tadbiri doirasida adliya tizimida ko‘p yillar davomida samarali va fidokorona mehnat qilgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan adliya faxriylarini kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida uzoq yillar davomida tizimda faoliyat yuritgan faxriylarning ko‘p yillik mehnat faoliyati, sohaga qo‘shgan munosib hissasi va boy hayotiy hamda kasbiy tajribasi alohida e’tirof etildi.
Adliya tizimi jamoasi tomonidan faxriylarga sohada ko‘p yillar davomida qilgan samarali mehnatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirilib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr va farovon hayot tilaklari izhor etildi.
#Mustaqillik_35_yil
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADLIYA XODIMLARI TAQDIRLANDI
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr bildirdi. Shuningdek, huquqiy islohotlarni hayotga tatbiq etishda adliya organlarining muhim o‘rni haqida alohida ta’kidladi.
#adliya _xabari
22 yillik shar’iy nikoh rasmiylashtirildi
⭐️Qamashi tumanining Azlartepa mahallasida yashovchi fuqarolar B. Yangiboyev hamda Z. Xoluqulova bundan 22 yil avval turmush qurib, shu kungacha birga hayot kechirib kelmoqda. Oilada 4 nafar farzand va 2 nafar nabira voyaga yetgan.
⭐️Er-xotin oila qurgan paytda nikohlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishga yetarlicha e’tibor qaratmaganligi sababli nikoh guvohnomasini olmagan.
⭐️Joriy yilning 28-avgust kuni Qamashi tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi ko‘magida ushbu nikoh belgilangan tartibda rasman qayd etilib, er-xotinga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma tantanali ravishda topshirildi.
????Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating❗️
#adliya_xabari
Qashqadaryo viloyatida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolar rasman 17 819 nafarga yetdi.
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.
Mazkur sessiyada jami 2 560 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.
#adliya_hudud
Yakkabog‘ tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Yakkabog‘ tumani "Ayg‘irko‘l" MFY hududida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlash va huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Adliya sayillari: Huquqiy islohotlar xalq ichida!
Viloyati bo‘ylab aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, tizimdagi tub islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy "Adliya sayillari" o‘tkazilmoqda. Tuman va shahar markazlarida yuqori kayfiyatda tashkil etilayotgan ushbu tadbirlar shunchaki bayram emas, balki xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot maydoniga aylanib ulgurdi.
Ochiqlik, shaffoflik va adolat: Sud tizimida komplayens-nazorat hamda korrupsiyaga qarshi islohotlar
Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berish va unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Zero, korrupsiya qonun ustuvorligiga putur yetkazadigan va fuqarolarning adolatga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadigan xavfli illatdir.
So‘nggi yillarda ushbu sohada qat’iy va tizimli huquqiy-institutsiya islohotlar amalga oshirildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilishi, davlat xizmatlarini raqamlashtirish hamda sohalarga profilaktik mexanizmlarni joriy etish ushbu yo‘nalishdagi muhim qadamlar bo‘ldi.
Sud-huquq tizimini korrupsiyadan holi sohaga aylantirish va odil sudlovni ta’minlash borasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha keskin chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:
Sud organlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-hatarlarni oldindan aniqlash, baholash va ularni bartaraf etishga qaratilgan komplayens-nazorat mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu tizim sud xodimlarining xulq-atvor kodeksiga rioya etishini, manfaatlar toqnashuviga yo‘l qo‘ymaslikni va xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishning oldini olishni ichki tomondan doimiy nazorat qiladi.
Sud jarayonlariga zamonaviy AKT keng joriy etilmoqda. Ishlarni sudyalar o‘rtasida inson omilisiz, avtomatik ravishda taqsimlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani manfaatlar toqnashuvi va tarafkashlik xavfini keskin qisqartirdi.
Sud majlislarini onlayn translyatsiya qilish, qarorlar va ajrimlarni maxsus elektron platformalarda ochiq e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Bu sudyalarning jamiyat oldidagi hisobdorligini oshirmoqda.
Fuqarolarning sudga murojaat qilishidan tortib, majlislarda masofadan turib (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etishigacha bo‘lgan barcha jarayonlar soddalashtirildi, bu esa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etdi.
Sudyalarni lavozimga tayinlash va ularning faoliyatini baholashda halollik va komplayens talablariga rioya etilishi asosiy mezon qilib belgilandi. Sudyalar oliy kengashi faoliyatining ochiqligi ta’minlanib, doimiy ravishda odob-ahloq va korrupsiyaga qarshi talablar nazorat qilinmoqda.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilanganidek, qonun ustuvorligini ta'minlash va korrupsiyasiz jamiyat barpo etishda komplayens kabi zamonaviy profilaktika institutlarining o‘rni beqiyosdir. Sud tizimiga ichki komplayens-nazoratning to‘liq tatbiq etilishi, ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishi aholining sud-huquq tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Termiz tumanlararo sudi sudyasi B.Axmedov