15.04.2024

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan U M U M L A SH T I R I SH

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya

boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan


Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.

        Umumlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlandi.

        Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga

2024-yilning 1-choragi davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 2 150 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan

443 tasi yozma, 1 tasi elektron, 852 tasi ogʻzaki, 391 tasi veb-sayt orqali, 463 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan jami kelib tushgan murojaatlarning 581 tasi “Ishonch telefoni” orqali hisoblanadi. 


     

  Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida murojaatlar 78 taga (2 072 ta) yoki 3.7 foizga kamaygan boʻlib, kamayganligining asosiy sababi sifatida murojaatlar joyiga chiqib, atroflicha o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilib berilayotganligini koʻrsatishimiz mumkin.

Kelib tushgan jami 2 150 ta murojaatlarning 986 tasi boshqarmaga, 1 164 tasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari hissasiga toʻgʻri keladi.  


Boshqarma faoliyati boʻyicha:

  Boshqarmaga kelib tushgan 986 ta (114 ta murojaat oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan, 581 tasi ishonch telefoni orqali, shundan 48 tasi oʻtgan yildan qoldiq) murojaatlarning 268 tasi Adliya vazirligidan kelib tushgan boʻlib, 945 tasi boshqarma apparatida koʻrib chiqilgan, 37 tasi tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborilgan, 5 tasi adliya boʻlimlariga yuborilgan, 11 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 102 tasi koʻrib chiqilmoqda.

Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 31 taga (953 ta) yoki 3.4 foizga koʻpayganligini koʻrishimiz mumkin.



Kelib tushgan jami murojaatlarining 360 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 346 tasi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid, 120 tasi notariat va advokaturaga oid, 39 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga oid, 34 tasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga oid, 25 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilishga oid, 23 tasi inson resurslari sohasiga oid, 9 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 4 tasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid hamda 26 tasi boshqa yoʻnalishda hisoblanadi.



Boshqarmaga 2024-yilning 1-choragi davomida kelib tushgan murojaatlarning 203 tasi shikoyat va 783 tasi ariza shaklidagi murojaat turlari hisoblanadi. 

Boshqarmaga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyati boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 56 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 19 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 11 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 8 tasi nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 5 tadan soliq sohasiga oid, notariatga doir qonun hujjatlari va yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 4 tadan advokaturaga oid, yerga doir qonun hujjatlari va kommunal to‘lovlar yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.



Hisobot davrida kelib tushgan 986 ta murojaatlarning 945 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 322 tasi yoki 30.2 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 34 foizi) qanoatlantirilgan, 623 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 15 tasi joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, 28 tasi boʻyicha mutaxassis jalb etilgan), 42 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, 11 tasi koʻrilmasdan qoldirilgan (yoki anonim), 102 tasi ish yurituvda qoldiq boʻlganligi sababli koʻrib chiqilmoqda (oʻtgan yildan 114 ta ariza-shikoyat, shundan 48 tasi “ishonch telefoni” boʻyicha qoldiq boʻlib oʻtgan).



Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 19 ta 350 mln. soʻmlik daʼvo arizasi, 30 ta taqdimnoma, 14 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 1 ta hujjat bekor qilingan, 9 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, taʼsir choralari natijasida 2 mlrd. 859 mln. 132 ming soʻmdan ortiq mablagʻ undirilishi belgilangan.

Misol uchun, fuqaro X.Abdullayevning viloyat statistika boshqarmasi ustama pullarini to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasida, viloyat statistika boshqarmasi tomonidan fuqaro X.Abdullayevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoni talablariga asosan ustama pullari to‘lab bermaganligi aniqlanib, fuqaro manfaatida javobgar hisobidan 18,9 mln. so‘m ustama pullari va ma’naviy zarar uchun 10 mln. so‘mni undirish haqida sudga da’vo arizasi kiritildi.

 Sudning hal qiluv qaroriga asosan, viloyat adliya boshqarmasi hisobidan fuqaro X.Abdullayevning foydasiga 28,9 mln. so‘m ustama pullari undirish belgilandi.

Kitob Davlat 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga asosan tanlov gʻoliblariga belgilangan mukofot pullarini toʻlanishida amaliy yordam berishni soʻrab yoʻllagan murojaati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish natijasi bo‘yicha ushbu maktab-internatining manfaatlarini koʻzlab Kitob tuman hokimligi hamda Kitob tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun 75 mln. soʻm miqdoridagi mukofotni 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib berish majburiyatini yuklash haqida Shahrisabz tumanlararo Iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi hamda sudning hal qiluv qarori bilan da’vo qanoatlantirildi.

Fuqaro X.Avazovaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qaroriga asosan ustama puli to‘liq to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, Qarshi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, fuqaro X.Avazovaning to‘lanmay qolgan 24,6 mln. so‘m ustama puli to‘lab berildi va fuqaroning murojaati qanoatlantirildi.

Fuqaro G.Ahmedovaning olis hududdan kelib ishlayotganligi sababli ijara puli to‘lanmayotganligi haqidagi murojaati o‘rganib chiqilib, Qamashi tuman

37-son umumta’lim maktabi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil

15-oktabrdagi 646-son qarori talablariga ko‘ra, fuqaroning ijara pullari to‘lab berilmayotganligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, Qamashi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, fuqaro G.Ahmedovaga jami 2,7 mln. so‘m to‘lanmay qolgan ijara pullari undirib berildi.

Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan hisobot davrida shaxsiy qabullar natijasida 13 ta hamda sayyor qabullar tashkil etilishida 16 ta, boshqarma apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan 10 ta, jami 39 ta murojaatlar qabul qilingan.

Boshqarma rahbariyati va xodimlar tomonidan 23 ta murojaat bevosita boshqarma maʼmuriy binoda shaxsiy qabul qilingan, 16 tasi sayyor qabulda qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 36 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 1 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatilishga oid, 1 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, 1 tasi notariat va advokaturaga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 19 tasi qanoatlantirilgan, 15 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 5 tasi ish yurituvda qoldiq hisoblanadi.

Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 463 tasi virtual qabulxona orqali yuborilgan boʻlib, 131 tasi qanoatlantirildi, 282 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 3 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 47 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib turibdi.

Boshqarma tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan boʻlib, muddat buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilmadi.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati boʻyicha:

Boshqarma tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2024-yilning

1-choragi davomida davomida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, jami 1 164 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 900 tasi shikoyat, qolgan 264 tasi ariza shaklida hisoblanadi.

Adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 45 taga (1 119 ta) yoki 3.9 foizga kamayganligini koʻrishimiz mumkin.



  Kelib tushgan 1 164 ta (oʻtgan yildan 40 ta murojaat qoldiq boʻlib oʻtgan) murojaatlarning 939 tasi hal etilgan boʻlib, hal etilgan murojaatlarning 732 tasi qanoatlantirilgan yoki 60,8 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 78 foizi) qanoatlantirilgan, 207 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 8 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 65 tasi tegishligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 192 tasi qoldiq boʻlib qolgan.


  Murojaatlarni natijasi boʻyicha ulushlarga (foiz koʻrinishida) boʻlganda quyidagicha koʻrinadi:



Murojaatlarni tuman (shahar) adliya boʻlimlari kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, eng koʻp murojaatlar Koson tumaniga 189 ta, Muborak tumaniga 99 ta, Kitob tumaniga 84 ta, Dehqonobod tumaniga 84 ta, Chiroqchi tumaniga 82 ta, Nishon tumaniga 74 ta kelib tushgan boʻlsa, nisbatan kamroq Mirishkor tumaniga 53 ta, Yakkabog‘ tumaniga 51 ta, Kasbi tumaniga 50 ta, Qarshi tumaniga 48 ta, Qamashi tumaniga 43 ta ariza-shikoyatlar kelib tushgan.



Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 88 ta taqdimnoma, 99 ta 7 mlrd.

097 mln. 018 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 3 ta maʼmuriy va 1 ta ogohnoma kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 2 nafar shaxsga nisbatan intizomiy va 3 nafar shaxsga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan, 6 ta hujjat bekor qilingan, taʼsir choralari natijasida 25 mlrd. 042 mln. 371 ming soʻmdan ortiq mablagʻlar undirilishi belgilangan.

Adliya boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida boshqarma masʼul xodimlari bilan birgalikda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 292 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, 515 ta murojaat bevosita adliya bo‘limi boshliqlari va xodimlari tomonidan maʼmuriy binoda hamda 16 tasi Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabul qilingan (jami 823 ta).

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 806 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid va 17 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 568 tasi qanoatlantirilgan, 130 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 7 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 18 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan, 132 tasi ish yurituvda qoldiq bo‘lib turibdi (o‘tgan yildan 32 ta murojaatlar o‘tgan).

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyat boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar

505 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 72 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 25 tasi soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan, 21 tasi kommunal toʻlovlar bo‘yicha, 15 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 10 tasi taʼlimga doir, uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 2 ta hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.



Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan 2024-yilning

1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirish natijalariga koʻra quyidagi xulosa kelindi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga va muddatlariga qatʼiy rioya etish hamda murojaat natijasi boʻyicha kiritilgan taʼsir choralari va ijrosi (oraliq va yakuniy javob xatlari)ni “smartoffice.adliya.uz” dasturiga muntazam kiritib borish;

2. Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, jumladan, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilinayotgan murojaatlarga zamin yaratmaslik, muomala madaniyatiga rioya qilish, qonun doirasida huquqiy yordam koʻrsatib borsin;

3. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning muammoli masalalarini hal qilib, huquqiy tomonlama koʻmak berish, eng koʻp murojaatlar tushayotgan masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazib borish;

4. Murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, uzoq hududlardagi aholining muammoli masalalarini koʻtarish va yechimini topish, qanoatlantirish darajasini oshirish, tegishligiga koʻra murojaatlarni kamroq yuborib, ularni imkon qadar koʻrib chiqish, murojaat natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllash.

 

Rejalashtirish va

nazorat-tahlil sho‘basi


Рўйҳатга қайтиш