05.04.2024

Shahrisabz shahar adliya boʻlimi tomonidan 2024-yilning 1 choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar

Shahrisabz shahar adliya boʻlimi tomonidan 2024-yil

1-chorak davomida Shahrisabz shahrida norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati oʻrganildi.

Xususan, Shahrisabz shahar adliya boʻlimi tomonidan 2024-yil 1-chorak mobaynida 1 ta normativ tusdagi Shahrisabz shahar hokimligiining va Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining qaror loyihalari:

 1. Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining “2024-yilda Shahrisabz shahar uchun yuridik shaxslar va jismoniy shaxslarning yer soligʻining aniq miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi va ijobiy xulosalar berildi.

Yuqoridagilar bilan bir vaqtda boʻlim tomonidan huquqni qoʻllash amaliyoti hamda inson huquqlari va boshqa sohalar boʻyicha 4-marta oʻrganishlar, 9-marta tahlil va monitoringlar oʻtkazilib, 703 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 25 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 656.594,6 soʻm miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablagʻlar undirilishi taʻminlangan.

Shahrisabz shahar adliya boʻlimi tomonidan 2024-yil mobaynida 4 ta oʻrganishlar oʻtkazilgan.

1. Boʻlim tomonidan Shahrisabz shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil
22-anvardagi 18-um-son buyrugʻiga asosan davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi, inson huquqlari va qonuniy manfaatlari taʻminlanishi, maʻmuriy tartib-taomillarga rioya etilishi, vazirlikning tarkibiy tuzilmalari tomonidan loyiha-smeta  hujjatlarini kelishish va qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishi ahvolini boʻyicha oʻrganish oʻtkazilib, 23 ta qonunbuzilishlar aniqlanib, qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taʻsir choralari (taqdimnoma) kiritilishi, 1 nafar mansabdor shaxs maʻmuriy javobgarlikka tortilishi taʻminlandi.

2. Shahrisabz shahar adliya boʻlimi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 6-fevraldagi 36-um-son buyrugʻiga asosan  yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlari, ularning ijtimoiy himoyasi bilan bogʻliq qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, taʻlim tashkilotlari hamda pensiya organlarida amalga oshirilishi ahvoli oʻrganildi.

3. Boʻlim tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 30-yanvardagi 26-um-son buyrugʻiga asosan Shahrisabz shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi va Davlat kadastrlari palatasi Shahrisabz shahar filialida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishda huquqni qoʻllash amaliyotini ahvoli oʻrganish ijrosi boʻyicha oʻrganish oʻtkazilib, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taʻsir choralari (taqdimnoma) kiritilishi taʻminlandi.

4. Shahrisabz shahar adliya boʻlimi tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2023-yil 7-martdagi 56-um-son buyrugʻiga asosan tibbiyot birlashmasi, maktabgacha va maktab taʻlim boʻlimida va mahalliy davlat xokimiyatida xodimlarning mehnat taʻtillaridan foydalanishi bilan bogʻliq
huquqlariga rioya etilishi va sohadagi mavjud muammolar ahvoli oʻrganildi.

Boʻlim tomonidan amalga oshirilgan oʻrganish va monitoringlar natijasida joriy yilning 3 oyi davomida jami 703 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishi hamda ularga koʻmaklashuvchi shart sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan jami 40 ta (daʻvo arizalar, taqdimnoma, maʻmuriy taklif va bayonnomalar hamda ogohnomalar) kabi tegishli taʻsir choralari qoʻllanilgan.

Shuningdek, adliya boʻlimiga 2024-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 56 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 35 tasi qanoatlantirilgan boʻlsa, 21 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan.

Boʻlim tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha Shahrisabz tumanlararo sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab 9 ta 245.000.100 soʻmlik shundan 5 nafar fuqarolarning ish haqlariga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish yuzasidan Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi javobgar sifatida, 4 nafar fuqarolarning yashaganlik toʻgʻrisidagi faktlarni belgilash yuzasidan, daʻvo arizalar kiritilgan, 5 nafar shaxslarga nisbatan maʻmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, maʻmuriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilgan va maʻmuriy javobgarlikka tortilgan.

Bulardan tashqari, joriy yilning 1-chorak davomida boʻlim tomonidan 1 ta
qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻymaslik xususida ogohnomalar berilgan boʻlsa,
qonunbuzilishlarni oldini olish va bartaraf etish hamda ish haqiga tenglashtirilgan
ustamalar va boshqa toʻlovlarni toʻlab berish yuzasidan 25 ta taqdimnomalar kiritilib, 1 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalasi hal etildi.         

Boʻlimning vazifalaridan biri boʻlgan, huquqiy targʻibot yoʻnalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, joriy yilning 3 oyi davomida boʻlim tomonidan jami 175 marotaba huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, shundan 99 tasi OAV orqali, 62 tasi ogʻzaki, 14 tasi manzilli koʻrgazmali tartibda oʻtkazilgan. Targʻibot tadbirlari mahallalarda 20 marotaba, taʻlim muassasalarida 18 marotaba, mehnat jamoalarida 16 marotaba, boshqa joylarda 8 marotaba oʻtkazilgan.



Рўйҳатга қайтиш