05.04.2024

Tuman (shahar) adliya boʻlimi DXMlari tomonidan amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida MAʼLUMOT

 

2024-yil 1-чорак давомида Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jami 346 088 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi. Shundan, 231 594 ta toʻgʻridan toʻgʻri DXM orqali, 114 494 ta onlayn tarzda foydalanilgan.

Viloyat miqyosida jami 7 379 ta tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazilib, shundan 1 245 tasi yuridik shaxs sifatida,
6 134 tasi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 236 marotaba sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, qabullar jarayonida 19 085 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Mazkur tadbir doirasida jami 29 480 nafar fuqarolar Mobil-ID tizimidan roʻyxatdan oʻtkazilishiga erishilib, ularga davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanishning afzalliklari yuzasidan tegishli tushuntirishlar olib borildi.

Mobil-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazish borasida ijobiy natijalarga erishilganligi sababli, 2024-yil 1-chorak якуни билан Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Respublika bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Viloyatda xorijga chiqish biometrik pasportini Qarshi shahar va Shahrisabz tumani DXMlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinayotgan edi. Hozirgi kunda qo‘shimcha 10 ta tuman DXMlarda ham ushbu xizmat yo‘lga qo‘yilib, shu kunga qadar viloyat miqyosida 7 362 ta xorijga chiqish biometrik pasportlar rasmiylashtirilishiga erishildi.

Joriy yilning 1-oktabrdan boshlab, CALL markaz orqali yoki rasmiy veb sayt orqali kelib tushgan murojaatga koʻra fuqarolarga joyiga chiqqan holda davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Ushbu xizmatdan 2024-yilda 11 nafar fuqarolar foydalanishlariga erishildi.

-Hozirgi kunda, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar hamda ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi fuqarolarga navbatsiz davlat xizmatlari koʻrsatilib, 2024-yilda jami 348 nafar ushbu toifadagi shaxslarga Markaz xodimlari tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun yaqindan yordam berilди.

-2024-yilda “Ucell” uyali aloqa kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, Fuqarolarni mobil aloqa operatorlariga ulash boʻyicha jami 200 nafarдан ортиқ shaxslarga ushbu davlat xizmatlari koʻrsatildi.

-Markazlarda fuqarolarga oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish tizimidan foydalanishda yordam berilmoqda. Shuningdek, Qarshi shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil ravishda foydalanishlari uchun raqamli xizmatlar nuqtasi ya’ni infokiosk apparati o‘rnatildi. Bundan fuqarolar navbatsiz my.gov.uz ilovasi orqali davlat xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati yaratib berildi.

-Jismoniy va yuridik shaxslarga 2024-yil 1-чоракда жami 867 ta muhr shtamp yasash bo‘yicha davlat xizmatlari koʻrsatildi. Bu esa tadbirkorlarga bir joyning o‘zidan bir nechta xizmatlardan foydalanishlari va sarf xarajatlarning iqtisod qilinishiga sharoit yaratib berildi.

-Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, Markazlarda ish vaqti belgilangan taqsimotga asosan, xodimlarning bir qismi soat 08.00 dan 17.00 ga qadar, qolgani soat 09.00 dan 18.00 ga qadar ish faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Bu esa ishlari zarurroq bo‘lgan fuqarolarga ertachiroq Markazga kelib, davlat xizmatlaridan foydalanishlari imkonini yaratdi.

 

 


Рўйҳатга қайтиш