05.04.2024

Chiroqchi tuman adliya bo‘limining 2024-yilning birichi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan MA’LUMOTNOMA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning birinchi сhoragida muayyan ishlaramalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2024-yilning birichi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 82 tamurojaatlarning 73 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 67 ta qanoatlantirilgan, 8 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan,
3 ta murojaatlar taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, 1 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 6 ta murojaatlar qoldiqda qolgan (murojaatlarni hal etishda 28 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan sayyor qabullar

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning birichi yarim yilligi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 5 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida kengyoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 152 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 6 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib,
4 tasi qanoatlantirilgan, 2 ta murojaatlar qoldiqda qolgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2024-yilning birichi choragi davomida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur qaror loyihasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 1 ta taqdimnoma kiritildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2024-yilning birichi choragi davomida jami 4 ta o‘rganish va 14 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 20 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 626 taqonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 19 ta taqdimnoma, 5 ta ogohnoma, 7 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

Natijada:

- 1 570,446 mln. so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

- 68 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirilgan.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sudorganlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 7 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan 2024-yilning birichi choragi davomida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan jami 2 ta
180 906 ming so‘mlik arizalar kiritilgan.

Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan berilgan takliflar

Bo‘lim tomonidan 2024-yilning birichi choragi davomida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan jami 4 ta takliflar berilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning birichi choragi davomida jami 299 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 19 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 179 ta ijtimoiy tarmoqlar orqali, 89 tasi og‘zaki, 12 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot.

 

Chiroqchi tuman

adliya bo‘limi boshlig‘i                                                B.Axmedov


Рўйҳатга қайтиш