05.04.2024

Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024 yilning 3 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.

Bo‘lim tomonidan 2024 yilning 3 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 63 ta murojaatlarning 51 tasi hal etilib, shundan 45 tasi qanoatlantirilgan, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 4 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan, 9 tasi qoldiqda qolgan.

Kelib tushgan 63 ta murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi.

Bo‘limga 2024-yilning 3 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 14 tasi ariza, 49 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha.

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 7 ta o‘rganish va 25 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 38 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 630 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 26 ta taqdimnoma, 13 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 98 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 1 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 4 milliard 324 million 604 ming so`m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 13 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 1 ta  3 millon 416 ming so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 30 416 664 so‘m davo so`mmasi qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha.

Qamashi tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻtgan davrda fuqarolarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirishga qaratilgan jami 267 ta targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan. Shundan ommaviy axborot vositalarida 110 ta, ogʻzaki 132 ta va 25 ta koʻrgazmali targʻibot tadbirlarini tashkil etadi.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan 2024-yilning 3 oyida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 5 takliflar berildi.

 


Рўйҳатга қайтиш