05.04.2024

YAKKABOG‘ TUMAN ADLIYA: 2024-YIL 1-CHORAK SARHISOBI

Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 51 ta murojaatlarning 42 tasi hal etilib, shundan               32 tasi qanoatlantirildi. 10 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat ariza mualliflarining tashabbusi bilan ko‘rmasdan qoldirilgan. 5 ta murojaat qoldiqda qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2024-yil 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 62 ta MFYlardan 20 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 800 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 8 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2024-yil 1-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 1 ta taqdimnoma kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 1 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

2024-yilning 1-choragi davomida Yakkabog‘ tuman adliya boʻlimi tomonidan 19 ta tashkilotlarda huquqni qoʻllash amaliyoti va norma ijodkorligi sohasida 4 ta oʻrganish, 16 ta monitoringlar oʻtkazilib, 306 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishi holati boʻyicha jami 16 ta taqdimnoma kiritildi, kiritilgan taqdimnomalarning koʻrib chiqilishi natijalari yuzasidan 925 639 600 so‘mlik pul mablagʻlari jismoniy shaxslarga undirib berilgan. Tumandagi 3 ta kachb-hunar  maktablarining 21 ta buyruqlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.

Boʻlim tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida 6 nafar shaxsga nisbatan maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma yoki maʼmuriy taklif rasmiylashtirilib, natijasiga koʻra 5 nafar masʻul xodim maʻmuriy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 5 ta
234 mln. 440 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 4 ta 190 6180 900 so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilgan. 1 ta da’vo arizasi sud tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida shahar adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida 2024-yilning 1-choragi davomida jami 278 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo’lib, shundan 37 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 93 tasi og‘zaki, (shu jumladan 93 tasi manzilli, 16 ta ko‘rgazmali va 70 uyma-uy yurib o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir. Bo‘lim faoliyati yuzasidan 4 marotaba televideniya orqali, 18 marotaba radio orqali chiqishlar qilinib, bo‘lim xodimlarining 30 maqolasi turli gazetalarda chop etildi.

Yakkabog‘ tuman adliya

         bo‘limi boshlig‘i                                                   M.Yusupov

 



Рўйҳатга қайтиш