05.04.2024

QAMASHI TUMAN ADLIYA: 2024-YILNING 3 OYI SARHISOBI

Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 3 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2024-yilning 3 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 43 ta murojaatlarning 24 qanoatlantirilgan, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 4 ta murojaat hal etish uchun taaluqliligi bo`yicha yuborilgan, qoldiqda 10 ta murojaatlar qolgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

        O‘tgan davr mobaynida mahalliy davlat hokimyating 4 ta qarori jumladan, tuman tuman hokimligining 2024- yilda transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida” gi, xalq deputatlari Qamashi tuman kengashining “Qamashi tumanidagi geografik obyektlarn qayta nomlash to‘g‘risida”gi, “Qamashi tumanida 2024-yil yuridik va jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ining aniq miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 17-yanvardagi VI-67-4-4-58-K/24-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” qarorlariloyihasi ekspetizadan o‘tkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2024-yilning 3 oyi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 2 ta taqdimnomalar kiritildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

       Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida 19 marotaba tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan tahlil va o‘rganishlar o‘tkazilib, 232 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan qonunbuzilishi holati bo‘yicha jami 18 ta taqdimnoma kiritilgan, kiritilgan taqdimnomalarning ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra 489 257 000 ming so‘mlik pul mablag‘lari jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga to‘lab berilgan, 11 nafar ma’sul va mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar va ma’muriy takliflar  rasmiylashtirilgan.

         Fuqarolarni qonuniy manfaatlarini ko‘zlab xususan mansabdor shaxslarga majburiyat yuklashni, yuridik faktni belgilashni hamda oylik ish haqlarini undirishni so‘rab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog` tumanlararo sudiga, 4 ta 261 mln. 200,0 ming. so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 209 mln. 275,0 ming. so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilgan.

         Jumladan, Changak MFYda yashovchi fuqaro M.Temirovaning manfaatini ko`zlab subsidiya undirish bo`yicha Fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkabog` tumanlararo sudiga kiritilgan davo ariza yuzasidan, javobgar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi hisobidan davogarga 4 080 000 so`m subsidiya mablag`lari hamda 2 millon so`m ma`naviy zarar undirish haqida sudning hal qiluv qarori rasmiylashtirildi.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Bundan tashqari adliya boʻlimi tomonidan joriy yilning 3 oyi davomida Davlat xizmatlari markazi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi hamda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarial idoralar bilan birgalikda tumandagi MFY larni qamrab olingan holda sayyor qabullar oʻtkazildi.

Boʻlim tomonidan oʻtgan davrda fuqarolarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirishga qaratilgan jami 361 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 39 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 127 tasi og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 



Рўйҳатга қайтиш