05.04.2024

MUBORAK TUMAN ADLIYA: 2024-YIL 1-CHORAK SARHISOBI.

Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2024-yil 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2024-yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 99 ta murojaatning 73 tasi hal etilib, shundan 68 tasi qanoatlantirilgan, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan,
26 tasi ijroda (qoldiq) qolgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va

norma ijodkorligi boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 1 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun tuman adliya bo‘limiga kelib tushgan hamda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan monitoringlar natijasi boʻyicha 2 ta taqdimnoma kiritilib, 4 ta normativ-huquqiy tusga ega boʻlmagan famoyishlar bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʻsir choralari boʻyicha

Muborak tuman adliya boʻlimi tomonidan 2024-yil 1-choragi davomida jami 4 ta oʻrganishlar va 14 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish va monitoringlarga koʻra 20 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 671 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 60 ta tegishli taʻsir choralari qoʻllanildi.

Xususan, 24 ta taqdimnoma, 10 ta maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif hamda bayonnomalar rasmiylashtirilgan va 26 ta (103 666 700 so‘mlik) daʻvo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 1 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan, 4 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining, 100 ta boshqa tashkilotlarning buyruqlari hujjatlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga koʻra muvofiqlashtirilgan, 890 035,7 soʻmlik mablagʻlar undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud va boshqa organlarga oʻtkazilgan bayonnomalar natijasiga koʻra 10 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka tortilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan 2024-yil 1-choragi davomida jami 311 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 31 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 98 tasi ogʻzaki, 155 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali,
27 tasi koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlaridan iboratdir.

Muborak tuman adliya boʻlimi boshligʻi H.Achilov


Рўйҳатга қайтиш