05.04.2024

Kitob tuman adliya boʻlimining 2024 yil 1-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya boʻlimlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya boʻlimi tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib  tushgan  murojaatlarning  koʻrib  chiqilishi  boʻyicha

Boʻlim tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 84 ta murojaatlarning 76 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 58 ta yoki 76,3 foizi qanoatlantirilgan, 18 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 15 ta joyiga chiqib oʻrganilgan).

Oʻtkazilgan   sayyor    qabullar

Boʻlim tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 18 ta MFYlarda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 187 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 37 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 28 tasi qanoatlantirilgan va 9 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Qonun  hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  oʻtkazish  boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan
1 tasiga rozilik vizasi qoʻyildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha 2 ta taqdimnoma kiritildi.

     Oʻtkazilgan  oʻrganishlar  va  qoʻllanilgan  taʼsir  choralari  boʻyicha

Boʻlim tomonidan hisobot davrida jami 4 ta oʻrganish va 20 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish davomida 31 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu oʻrganishlar natijasida 1783 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 20 ta taqdimnoma,
97 ta ogohnoma, 10 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, maʼmuriy takliflar kiritildi.

                                               Natijada

- 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 640 mln. soʻm pul mablagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.

- 63 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.

Bundan tashqari, boʻlim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 4 ta daʼvo ariza va arizalar kiritilib toʻliq qanoatlantirilgan, 129 mln. soʻm manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

Amalga  oshirilgan  huquqiy  targʻibot  tadbirlari  boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida jami 341 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 56 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 83 tasi ogʻzaki, 12 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 83 tasi manzilli targʻibot tadbirlaridan iboratdir.

Kitob tuman adliya

boʻlimi  boshligʻi                                                 R.Muhammadiyev

                                                                                             



Рўйҳатга қайтиш