05.04.2024

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 3 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2024-yilning 3 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 50 ta murojaatning barchasi hal etilib, shundan 44 tasi yoki 88 foizi qanoatlantirilgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42 taga kamaygan.

  Qanoatlantirilgan murojaatlar bo‘yicha sudlarga jami 991 mln 686 ming so‘mlik 6 ta da’vo arizalar kiritilgan bo‘lib,  shundan barcha da’vo ariza va arizalar ko‘rib chiqilgan va qanoatlantirilgan.

Shuningdek, tuman adliya bo‘limi tizimi tomonidan (YUXKM, DXM, FHDY, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar va boshqa mas’ullar bilan hamkorlikda) joriy yilning 3 oyi  davomida davlat notarial idoralari notariuslari bilan birgalikda tumandagi 8 ta MFYlar qamrab olingan holda 6 marotaba sayyor qabullar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 320 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 37 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha o‘tkazilgan 2 ta monitoringlarda jami 22 ta qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 3 ta taqdimnoma kiritildi va 214 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilishini ta’minlandi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Bo‘lim tomonidan joriy yilning 3 oyida jami 65 tashkilotlarda 4 ta o‘rganish va 30 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 1573 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 3 oyida jami 53 ta ta’sir choralari ko‘llanilgan bo‘lib, shundan, 10 ta ogohnoma, 17 ta ma’muriy, 6 ta da’vo ariza, 20 ta taqdimnoma kiritilgan.  Shu bilan birga kiritilgan taqdimnomalarga asosan 4 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan. 

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 17 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 3 oyi davomida jami 420 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 62 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, ijtimoiy tarmoqlar orqali 216 ta chiqishlar, 125 tasi og‘zaki, 17 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 125 tasi manzilli targ‘ibot va 42 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Qonun hujjatlariga taklif berish bo‘yicha

        

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 3 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 9 ta takliflar berildi.

Kasbi tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                                M.Abdurasulov 



Рўйҳатга қайтиш