05.04.2024

DEHQONOBOD TUMAN ADLIYA: 2024-YIL 1-CHORAK SARHISOBI.

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 84 ta murojaatning 57 tasi hal etilib, shundan 21 tasi qanoatlantirilgan, 36 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 6 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 3 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 21 tasi qoldiq bo‘lib qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan 2024 yil 1-chorak davomida boshqarma bilan birgalikda tumandagi 15 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 142 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 8 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qabul qilingan qarorlari va farmoyishlari monitoring asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 2 ta taqdimnoma kiritilgan.

Shuningdek, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xizmat ko‘rsatmaydigan Dehqonobod tumanidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, Dehqonobod tumani 1-son Kasb-hunar maktabi va 2-son Kasb-hunar maktablarining 71 ta buyruq va shartnomlari qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 1-choragi davomida jami 4 ta o‘rganish va 20 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 32 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 484 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 48 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 27 ta taqdimnoma, 6 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif (bayonnoma)lar va 15 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 3 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xizmat ko‘rsatmaydigan Dehqonobod tumanidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, Dehqonobod tumani 1-son Kasb-hunar maktabi va 2-son Kasb-hunar maktablarining 71 ta buyruq va shartnomlari qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan, 404 326 100 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 5 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan hamda 1 ta ma’muriy qoldiqda

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida
15 ta 174 582 000 so‘mlik da’vo arizasi sudga kiritilgan bo‘lib, shundan 2 ta 71 593 900 so‘mlik da’vo arizasi sudlar tomonidan qanoatlantirilgan hamda 14 ta 141 313 300 so‘mlik da’vo arizasi qoldiqda.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 1-choragi davomida jami 320 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 40 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 170 tasi ijtimoiy tarmoqlar, 94 tasi og‘zaki, 16 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.



Рўйҳатга қайтиш