05.04.2024

G‘uzor tuman adliya bo‘limining 2024 yil 1-chorak sarxisobi

G‘uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024 yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib  tushgan  murojaatlarning  ko‘rib  chiqilishi  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2024 yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 68 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan murojaat qoldiq bo‘lib o‘tmagan) 54 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilgan yoki 79,5 foizi hal etilgan bo‘lib, shundan 44 tasi yoki 81,5 foizi qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan, 10 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 6 tasi tegishli tartibda taalluqliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishlik uchun vakolatli organga yuborilgan, 9 ta murojaat ish yurituvda (keyingi chorakka) qoldiq bo‘lib qolgan (8 ta murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan   sayyor   qabullar

Bo‘lim tomonidan 2024 yil 1-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 14 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 467 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 5 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, 4 tasi qanoatlantirilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan  bo‘lib, shundan 1 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2024-yilning 1-choragi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlari 2 marotaba monitoring asosida o‘rganilgan va taqdimnomalar kiritilmagan.

Tumandagi boshqa davlat idoralari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnoma natijasida 216 ta qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari  bo‘yicha

Bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 4 ta o‘rganish va 16 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 32 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida  573 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 85 ta ta’sir choralari qo‘llanildi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 61 ta taqdimnoma, 16 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida bayonnoma va taklif kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 216 ta qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan va 243 ta jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari tiklangan.

                                          Natijada

- 3 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 8 mlrd. 347 mln. 041 ming 300 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 16 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 8 ta da’vo ariza va arizalar  501 mln. 323 ming 900  so‘mlik  manfaatdor shaxslar foydasiga undirilgan bo‘lib, 4 ta da’vo arizasi keyingi chorakda qoldiq bo‘lib o‘tgan.

Bo‘lim tomonidan o‘tgan davrda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 8 ta takliflar berilgan.

Amalga  oshirilgan  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlari  bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2024 yil 1-chorak davomida jami 436 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 82 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 168 tasi og‘zaki, 60 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 168 tasi manzilli targ‘ibot va 35 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

G‘uzor tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i                           Imzo                                 M.Q. Salimov

                                                                                               02.04.2024 yil 



Рўйҳатга қайтиш