05.04.2024

Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 48 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan murojaat qoldiq bo‘lib o‘tmagan) 36 tasi hal etilib, shundan 33 tasi yoki 68,8 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 91,7 foiz) qanoatlantirilgan, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 5 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, 7 ta murojaatlar qoldiqda qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2024-yilning 1-choragi davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 58 ta MFYlardan 13 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 455 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 11 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2024-yilning 1-choragi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlari 2 marotaba monitoring asosida o‘rganilgan, taqdimnomalar kiritilmagan.

Tumandagi boshqa davlat idoralari va tashkilotlariga кiritilgan taqdimnoma natijasida 110 ta buyruqlar va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida jami 4 ta o‘rganish va 23 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 70 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1 164 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 47 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 22 ta taqdimnoma va 16 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 9 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 22 ta taqdimnoma, 16 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 110 ta qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan va 214 ta jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari tiklangan.

Natijada 1 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 2 mlrd. 770 mln. 494,2 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 16 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 9 ta 262 mln. 545,6 ming. so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 3 ta 262 mln. 545,6 ming. so‘mlik qanoatlantirilgan, 6 tasi qoldiqda qolmagan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida jami 5 yuz. ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 73 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 262 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 95 tasi og‘zaki, 70 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 95 tasi manzilli targ‘ibot va 31 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.



Рўйҳатга қайтиш