03.01.2024

Huquqiy axborot sohasida 2023-yil sarhisobi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi xodimlari tomonidan 2023-yil davomida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan jami 24 mingdan ortiq (24 049 ta) targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur targʻibot tadbirlarining 16 261 tasi OAV (shundan 823 tasi televidenie, 1 231 tasi radio, 1 946 tasi gazeta va jurnallarda, 12 261 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali), 6 065 tasi ogʻzaki hamda 1 000 (1 723 ta yozma va koʻrgazmali) huquqiy targʻibot tadbirlari hisoblanadi.

Viloyat adliya boshqarmasining qashqadaryo.adliya.uz rasmiy veb-sayti va shu nomdagi telegram hamda “facebook” ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari shuningdek, boshqarma tizimidagi ijtimoiy tarmoqlari orqali har kuni yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ahamiyati yuzasidan postlar, videoroliklar, qisqa kontentlar, annotatsiya va infografikalar, aholini qiziqtiradigan masalalar yuzasidan viktorina shaklida savol-javoblar, adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar, qanoatlantirilgan murojaatlar, olib borilgan targʻibot tadbirlari yoritilishi taʻminlandi.

Shu bilan birga, qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va koʻplab fuqarolarni qamrab olish maqsadida Adliya boshqarmasi tomonidan viloyat teleradiokompaniyasi, “Nasaf tv” hamda respublikaning “Sevimli tv”, “Oʻzbekiston 24” “Mening yurtim tv”, “Yoshlar tv” va boshqa telekanallar shuningdek, viloyat “Oltin voha” radioasi bilan faol hamkorlik qilindi.

Xususan, “Sevimli” va “Nasaf tv” televidenielari hamkorligida tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan ijobiy hal etilgan murojaatlar yuzasidan vedio lavhalar tayyorlanib “Zamon” informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.

Bundan tashqari, dolzarb huquqiy masalalar yuzasidan viloyat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Muloqot”, “Tahlil 24/7”, “Inson va qonun”, “Fayzli kun” va boshqa teledasturlar orqali chiqishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, “Nasaf tv” televideniesi bilan hamkorlikda “Savol bering, javob beramiz” rukni tashkil etilib, har haftada boshqarmada savol-javoblar tayyorlanib televideniye orqali yoritildi.

Viloyat “Oltin voha” radioasida “Inson va qonun”, “Qonun va ijro” va “Avto hamroh” va boshqa eshittirishlari orqali haftada toʻrt marotaba intervyular tayyorlanib, efirga uzatildi.

Bundan tashqari, boshqarma va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2022-yil 16-maydagi “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 259-son qarori ijrosi boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha viloyat va tuman (shahar) kesimida shtatlar tuzildi.

Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.

Dastur ijrosi yuzasidan 2023-yil davomida Qashqadaryo viloyatida mavjud
819 ta MFYlardan “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan “Mahallabay” va “Xonadonbay” asosida aholining muammolarini oʻrganish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida targʻibot tadbirlari va sayyor qabullar oʻtkazildi.

Unga koʻra, 2023-yil davomida viloyatdagi mavjud 819 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida jami 5 000 dan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazilishi taʻminlandi.

Boshqarmasining huquqiy axborot yoʻnalishi boʻyicha 2023-yil davomida turli xil aksiyalar, viktolrinalar, tanlovlar va boshqa targʻibot tadbirlari tashkil etildi.

Xususan,

-                     #Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan"

-                     “Mehnat huquqlarimizni oʻrganamiz”

-                     “Inson huquqlari oliy qadriyat”

-                     “Huquq taksi”

-                     #AdliyagaRahmat, #OchiqAdliya, #Adliyada1kun

-                     “Isteʻmolchi – adliya himoyasida”

-  “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga markazlar tomonidan bepul yuridik xizmat koʻrsatiladi”

-  Xodimlarni (voyaga yetmaganlar) majburiy mehnatga jalb etish holatlarini oldini olish boʻyicha onlayn murojaatlarni qabul qilish hamda hal etish

- “Soliq toʻlovchilarga huquqiy yordam” va boshqa bir qator huquqiy aksiyalar oʻtkazildi.

- "Yangi Oʻzbekiston yoshlar nigohida" nomli sheʻriyat  tanlovi va boshqa targʻibot tadbirlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, har xaftada boshqarma masʻul xodimlari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari, Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, davlat xizmatlari markazi va FHDY boʻlimlari bilan hamkorlikda oʻzlariga biriktirilgan mahallalarda mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatgan holda fuqarolarga, ayniqsa ijtimoiy himoyaga (asosan, huquqiy yordamga) muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turuvchi fuqarolarga yordam koʻrsatish maqsadida sayyor qabullar tashkil etildi.

Jumladan, oʻtgan davr mobaynida mahallalarda, uyma-uy yurgan holda
11 000 dan ziyod (xotin-qizlar) fuqarolar bilan muloqotda boʻlib, ularning huquqiy muammolari oʻrganildi, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Xususan, fuqarolarga subsidiya, pensiya va nafaqa, tadbirkorlik, mehnat va migratsiya masalalari, yer qonunchiligi yuzasidan, soliq va kommunal toʻlovlar hamda boshqa masalalar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Jumladan, Ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan nafaqa va moddiy yordam, tadbirkorlik, mehnat qonunchiligi, uy-joy oldi-sotdisi, farzandlikka olish, biometrik pasportni rasmiylashtirish va boshqa shu kabi masalalarga oid 1 000 dan ortiq munosabatlar bildirilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berib kelinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʻminlash togʻrisida”gi Qonuni (OʻRQ-443-son, 07.09.2017) ning 8-moddasiga asosan adliya organlari huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʻminlash toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF – 5618-son Farmonida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 21 ta davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʻminlash, huquqiy targʻibotni amalga oshirish borasidagi
2023-yilning I yarim yilligidagi faoliyati monitoring qilindi.

 


Рўйҳатга қайтиш