03.01.2024

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha

MA’LUMOTNOMA

29.12.2023-yil                                                                                                      Qarshi shahar

 

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 2023-yilning 4 choragi davomida vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Xususan, intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirish sohasida 45 nafar shaxslarga intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirish bo‘yicha ko‘maklashilib, ularga mazkur sohada batafsil huquqiy tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga kontrafakt mahsulotlar katalogi va kontrafakt mahsulotlar (jumladan, kontrafakt asarlar, dori, alkogol va oziq-ovqat mahsulotlari) bilan tanishish imkonini beruvchi doimiy yangilanib boruvchi eletron shakldagi QR-kod (keyingi o‘rin QR-kodlar) hamda tarqatma materiallar tarqatish va mazkur QR-kodlardan foydalanish tartiblari hamda sohaga oid qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirish ishlari amalga oshirish yuzasidan 123 marotaba profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, profilaktik tadbirlar bayonnomalari belgilangan muddatlarda “Yagona davlat nazorati” tizimiga kiritib borildi.

            Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida o‘tkazilgan tekshirish va monitoringlar natijasida jami 753 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tashkilot va tadbirkorlik subyektlariga kiritilgan 55 ta taqdimnomalarning barchasi ijrosi to‘liq ta’minlangan hamda 26 nafar mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 15 nafar shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib tegishli sudlarga chiqarilgan barchasisi bo‘yicha sud tomonidan jarima jazolari belgilangan.

Tizim orqali hisobot davrida 16 ta shikoyat va 1 ta ariza turidagi murojaatlar kelib tushgan bo‘lib shulardan 12 tasi qanoatlantirilgan, 3 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan, 2 ta shikoyat tekshirish o‘tkazilishi sababli иш жараёнида.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar bo‘yicha 22 marotaba tekshirishlar o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 22 ta taqdimnomalar kiritilib ularning ijrosi to‘liq ta’minlangan, 1 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan

Intellektual mulk sohasidagi qonunchilik normalari va vazifalari ijrosi yuzasidan 111 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan 9 tasi televideniya, 3 tasi radio, 12 tasi gazeta, 63 tasi veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalari, 14 ta seminar, ma’ro‘za va davra suhbatlari tarzidagi og‘zaki huquqiy targ‘ibot, 1 tasi bannerlar, 9 tasi boshqa tarqatma materiallar tarzida amalga oshirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda sohaga oid 4 ta ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilgan.

 

Intellektual mulk huquqlarini

himoya qilish bo‘yicha-bosh maslahatchi

I.Sharapov


Рўйҳатга қайтиш