05.10.2023

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 6 446 ta murojaatning 5 755 tasi hal etilib, shundan 3 114 tasi yoki 54,1 foizi qanoatlantirildi, 2 641 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 1 215 ta murojaatning 1 179 tasi hal etilib, shundan 225 tasi yoki 19,1 foizi qanoatlantirildi, 954 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 86 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jami 103 ta taqdimnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 509 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 16 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 556 ta takliflar ishlab chiqildi.

 

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan
taʼsir choralari boʻyicha

Boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan hisobot davrida jami 285 ta oʻrganish va 1 215 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 2 299 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi hamda ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida 54 792 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 1 900 ta taqdimnoma, 757 ta maʼmuriy va 2 ta jinoiy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 1 777 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 528 nafar shaxs intizomiy (shundan 14 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 722 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 2 358 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi, 3 nafar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) toʻxtatildi, shuningdek, 312 mlrd. 247 mln. soʻmdan ortiq pul mablagʻlagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.

Hisobot davrida sudlarga 19 mlrd. 554 mln. soʻmlik 1 102 ta daʼvo arizalari kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 15 mlrd. 381 mln. soʻmlik 1 078 ta daʼvo arizalari qanoatlantirildi.

 

Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boʻyicha

 

Boshqarma tomonidan 2023-yil 1-oktyabr holatiga koʻra jami
571 ta nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 398 tasi davlat roʻyxatiga, 173 tasi hisob roʻyxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek,
188 ta diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 186 tasi islom diniga mansub boʻlsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

Advokatura sohasi boʻyicha

 

Boshqarma tomonidan 2023-yil 1-oktyabr holatida jami
456 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan boʻlib, shundan 302 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 2 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar, 20 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 132 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati boʻyicha

 

Markazlar tomonidan jami 371 758 ta yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan.

Ushbu hujjatlardan 346 357 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 25 401 tasi qonunchilikka zid boʻlganligi sababli rad qilingan.

Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 714 ta talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan sudlarga
448 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.

Davlat xizmatlari koʻrsatilishi sohasi boʻyicha

 

Davlat xizmatlari markazlariga hisobot davrida jami 793 022 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 637 148 tasi fuqarolarning shaxsan oʻzi orqali,
155 874 tasi internet orqali murojaat qilgan.

Davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlarning 749 349 tasi hal etilgan va 43 673 tasi rad etilgan.

FHDYO boʻlimlari tomonidan hisobot davrida 75 617 ta
(39 500 ta oʻgʻil, 36 117 ta qiz) tugʻilish, 18 781 ta nikoh, 2 611 ta nikohdan ajralish, 14 275 ta oʻlim, 3 512 ta otalikni belgilash,
291 ta farzandlikka olish, 1 386 ta dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish harakatlari amalga oshirilgan.

FHDYO harakatlari amalga oshirilishi natijasida 3 mlrd.
209 mln. 873 ming soʻmlik davlat boji, 2 mlrd. 702 mln. 770 ming soʻmlik gerb yigʻimi hamda 4 mlrd. 029 mln. 281 ming soʻmlik pullik xizmat toʻlovlari undirildi.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan jami 18 082 ta, shundan 12 486 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 4 395 tasi ogʻzaki, 1 201 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 1 296 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan huquqiy targʻibotlar boʻlsa, 3 710 tasi manzilli huquqiy targʻibotlar hisoblanadi.

 

Qashqadaryo viloyat

adliya boshqarmasi


Рўйҳатга қайтиш