05.10.2023

QARSHI SHAHAR ADLIYA: 2023-YIL 3-CHORAK SARHISOBI

QARSHI SHAHAR ADLIYA: 2023-YIL 3-CHORAK SARHISOBI

 

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 236 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 6 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 230 tasi hal etilib, shundan 173 tasi qanoatlantirilgan, 55 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, 6 ta murojaatlar qoldiqda qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2023-yil 3-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shahardagi 64 ta MFYlardan 35 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1200 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 45 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023-yil 3-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 3 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 17 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jami 9 ta o‘rganish va 60 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 100 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 2 610 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 251 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 92 ta taqdimnoma va 29 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 130 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 92 ta taqdimnoma, 29 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 21 ta qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 5 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 16 mlrd. 477 mln. 315,0 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 21 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 96 ta 2 mlrd. 328,1 ming. so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan, qoldiqda qolmagan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida shahar adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jami 955 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 545 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 375 tasi og‘zaki, 35 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Рўйҳатга қайтиш