05.10.2023

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 3-choragi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 264 ta murojaatning 258 tasi hal etilib, shundan 187 tasi yoki 74 foizi qanoatlantirildi, 71 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil 9 oyi davomida tumandagi davlat notarial idoralari notariuslar bilan birgalikda tumandagi 57 ta MFYlardan 42 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari adliya bo‘limining telegram hamda “facebook”dagi sahifalariga keng yoritib borilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 640 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 46 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 4 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023 yilning 3-choragi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, qarorlar va farmoyishlarni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2 ta taqdimnoma kiritildi.

Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 13 ta takliflar berildi.

Adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 14 ta o‘rganish va 57 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 154 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida
2733 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 383 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 44 ta taqdimnoma, 39 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 201 ta ogohnoma hamda 58 ta da’vo arizalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 55 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 108 ta davlat tashkiloti hujjatlari bekor qilingan hamda fuqarolarga 1 152 729 100 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Bundan tashqari kirtilgan 58 ta da’vo arizalarning, 56 tasi qanoatlantirilgan.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil 9 oyi davomida jami 657 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 465 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 154 tasi og‘zaki, 38 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 144 tasi manzilli targ‘ibot va 46 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Рўйҳатга қайтиш