05.10.2023

SHAHRISABZ SHAHAR ADLIYA: 2023-YIL 3-CHORAK SARHISOBI

Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 151 ta murojaatlarning 151 tasi hal etilib, shundan 119 tasi yoki 78,8 foizi qanoatlantirilgan, 30 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2023-yil 3-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shahardagi 40 ta MFYlardan 30 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 680 nafardan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 12 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 4 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 4 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023-yil 3-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 1 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 5 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jami 14 ta o‘rganish va 50 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 182 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 3 357 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 142 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 62 ta taqdimnoma va 19 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 26 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 62 ta taqdimnoma, 19 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 37 ta qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 3 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 14 mlrd. 670 mln. 741,1 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 19 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 26 ta 1 mlrd. 164, 3 ming. so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan, qoldiqda qolmagan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jami 976 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 748 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 174 tasi og‘zaki, 54 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 84 tasi manzilli targ‘ibot va 16 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Рўйҳатга қайтиш