05.10.2023

НИШОН ТУМАН АДЛИЯ: 2023-ЙИЛ 3-ЧОРАК САРҲИСОБИ

Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 267 ta murojaatlarning 248 tasi hal etilib, shundan 226 tasi qanoatlantirilgan, 214 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 5 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 14 ta murojaatlar qoldiqda qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2023-yil 3-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 42 ta MFYlardan 36 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1000 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 104 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 5 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan            5 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023-yil 3-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 117 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 14 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jami 14 ta o‘rganish va 42 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 118 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 7189 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 152 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 117 ta taqdimnoma va 35 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 109 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 117 ta taqdimnoma, 35 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 93 ta qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 13 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 11 742 466 600 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 33 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 109 ta   691 661 100 ming. so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan, qoldiqda qolmagan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jami 1584 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1078 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 355 tasi og‘zaki, 150 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 355 tasi manzilli targ‘ibot va                  150 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.



Рўйҳатга қайтиш