05.10.2023

MIRISHKOR TUMAN ADLIYA: 2023-YIL 3-CHORAK SARHISOBI

Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 100 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 2 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 94 tasi hal etilib, shundan 71 tasi yoki 66,74 foizi qanoatlantirilgan, 23 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, qoldiqda 6 ta murojaatlar qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2023-yil 3-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 40 ta MFYlardan 35 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 5 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 5 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023-yil 3-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 8 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 34 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jami 14 ta o‘rganish va 55 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 123 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 1741 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 134 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 60 ta taqdimnoma va 24 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 46 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 60 ta taqdimnomalar natijasida 90 та qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 4 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 10 mlrd 656 mln. 769,6 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 22 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 46 ta 2 mlrd 112 mln. 812,6 ming. so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 43 tasi qanoatlantirilgan, 3 tasi qoldiqda qolgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 3-chorak davomida jami 1059 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 579 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 322 tasi og‘zaki, 158 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 322 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir

Рўйҳатга қайтиш