05.10.2023

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 178 ta murojaatning 173 tasi hal etilib, shundan 125 tasi qanoatlantirilgan, 48 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 tasi tegishligiga ko‘ra boshqa idoralarga yuborilgan, 1 tasi ish yuritishdan tugatilib ko‘rmasdan qoldirilgan, 2 tasi hisobot davrida keyingi oyga qoldiq qolgan.
  Qanoatlantirilgan murojaatlar bo‘yicha sudlarga jami 1 mlrd 249 mln 332 ming so‘mlik 100 ta da’vo arizalar kiritilgan bo‘lib,  shundan barcha da’vo ariza va arizalar ko‘rib chiqilgan va qanoatlantirilgan.
Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi  davomida davlat notarial idoralari notariuslari bilan birgalikda tumandagi 42 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1200 dan ziyod jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 91 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 5 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha o‘tkazilgan 5 ta monitoringlarda jami 737 ta qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 10 ta taqdimnoma kiritildi va 567 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilishini ta’minlandi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Bo‘lim tomonidan joriy yilning 9 oyida jami 147 tashkilotlarda  14 ta o‘rganish va 52 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 4180 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 9 oyida jami 289 ta ta’sir choralari ko‘llanilgan bo‘lib, shundan, 81 ta ogohnoma, 35 ta ma’muriy, 100 ta da’vo ariza, 73 ta taqdimnoma kiritilgan.  Shu bilan birga kiritilgan taqdimnomalarga asosan 6 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.  
O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar natijalariga ko‘ra kiritilgan ta’sir choralar natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga jami 18 mlrd 829 mln 047 ming so‘mlik zararlar undirib berilishi ta’minlangan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 35 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.


Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida jami 977 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 668 tasi ommaviy axborot vositalari orqali (32 marotaba televideniyeda, 48 marotaba radioda, 71 marotaba gazeta va jurnallarda, 517 marotaba veb sayt va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida) chiqishlar, 265 tasi og‘zaki, 44 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 88 tasi manzilli targ‘ibot va 90 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Qonun hujjatlariga taklif berish bo‘yicha
    
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 9 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha  21 ta takliflar berildi.



Рўйҳатга қайтиш