05.07.2023

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 21-oktyabrdagi noyabrdagi 16/22-son hay’at yig‘ilish bayonida koʻrsatib oʻtilgan masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan admin.licenses.uz elektron tizimi orqali yuborilgan elektron maxsus xabarlar o‘rganib chiqildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizomining 18-bandida, talabgorning arizasini ko‘rib chiqishda boshqa organlar bilan kelishish va ularning xulosalarini olish talab etilsa, kelishiladigan organlar pasportlarni belgilangan muddatlarda tegishli kelishuvni yoki xulosani taqdim etishi lozimligi, kelishiladigan organlar belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmagan hollarda ariza ushbu organlar bilan kelishilgan, xulosalar esa ijobiy hisoblanishi shuningndek, bunday holatda kelishiladigan organlar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘lishi hamda bunda tegishli kelishiladigan organlarning xulosalarisiz ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish imkoni bo‘lmaganda, talabgorning arizasini ko‘rib chiqish muddati va tartibini buzilganligi uchun kelishiladigan organlar javobgar hisoblanishi belgilangan.

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish bo‘limi tomonidan admin.licenses.uz elektron tizimi orqali yuborilgan elektron maxsus xabarlar o‘rganib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020 yil 19 martdagi
65-um-son “Davlat xizmatlarining “sirli mijoz” instituti faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan “sirli mijoz” monitoringini o‘tkazish rejalashtirilgan davlat xizmatlari ro‘yxati va savolnomalari asosida bo‘lim tomonidan 34 ta tashkilotlarga “Sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatilishida yo‘l qo‘ygan vakolatli tashkilotlarga nisbatan kiritilgan 33 ta taqdimnomalar va 9 ta ogohnomalar kiritilgan.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida qonun buzish holatlariga yo‘l qo‘ygan vakolatli tashkilot mas’ul xodimlarining
41 nafariga intizomiy jazo chorasi va 177 nafariga MJtKning 2155-moddasi bilan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

 

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi
ustidan nazorat qilish bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш