05.07.2023

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar

Qarshi shahar adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 2-choragida davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

2023-yilning I-choragi davomida Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining “2023-yilda Qarshi shahrida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2023-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi  huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi. Shunigdek joriy yilning II-choragi davomida “Qarshi shahrida maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish yuzasidan shahardagi umumta’lim muassasalarining mikrohududlarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ham huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

2023-yilning 6 oyligi davomida Qarshi shahar adliya boʻlimi tomonidan
59 ta tashkilotlarda huquqni qoʻllash amaliyoti va norma ijodkorligi sohasida 5 ta oʻrganish, 43 ta monitoringlar oʻtkazilib, 1736 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishi holati boʻyicha jami 64 ta taqdimnoma kiritilgan, kiritilgan taqdimnomalarning koʻrib chiqilishi natijalari yuzasidan 4 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 1 635 503 672 soʻm pul mablagʻlari jismoniy shaxslarga undirib berilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining жами 15 ta qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.

Boʻlim tomonidan 2023-yil 6 oylik davomida 10 nafar shaxsga nisbatan maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma yoki maʼmuriy taklif rasmiylashtirilib, natijasiga koʻra 10 nafar masʻul xodim maʻmuriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek 20 ta shahardagi tashkilotlarga qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslik xususida ogohnomalar kiritilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 107 ta
2 mlrd. 147 mln. 752 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida shahar adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 6 oyligi davomida jami 632 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 366 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 240 tasi og‘zaki, 40 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Qarshi shahar adliya

         bo‘limi boshlig‘i                                                   M.Eshnazarov

 

 

 

 

 


Рўйҳатга қайтиш