05.07.2023

Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 6 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.
Bo‘lim tomonidan 2023-yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 203 ta murojaatlarning 196 tasi hal etilib, shundan  176 tasi qanoatlantirilgan, 19 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 4 tasi ko`rmasdan qoldirilgan, 1 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan, 3 ta qoldiqda qolgan.
Kelib tushgan murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi.
Bo‘limga 2023-yilning 6 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 17 tasi ariza, 186 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 1 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha.
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 5 ta o‘rganish va 33 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 61 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 908 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 59 ta taqdimnoma, 18 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 21 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 4 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 20 milliard 517 ming so`m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 17 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 27 ta 578 millon 988 ming so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 482 017 600 so‘mlik davo so`mmasi qanoatlantirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha.
Chiroqchi tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻtgan davrda fuqarolarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirishga qaratilgan jami 448 ta targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan. Shundan ommaviy axborot vositalarida 293 ta, ogʻzaki 112 ta va 43 ta koʻrgazmali targʻibot tadbirlarini tashkil etadi.
Tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yilning 6 oyida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 4 takliflar berildi.



Рўйҳатга қайтиш