05.07.2023

Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.

Bo‘lim tomonidan 2023 yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 115 ta murojaatlarning 115 tasi hal etilib, shundan 89 tasi qanoatlantirilgan, 24 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan.

Kelib tushgan 115 ta murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi.

Bo‘limga 2023-yilning 6 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 37 tasi ariza, 78 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha.

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 5 ta o‘rganish va 39 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 77 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 2898 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 46 ta taqdimnoma, 12 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 25 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 3 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 6 919 272 500 so`m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 12 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 16 ta 196.907.700 so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 196.907.700 da’vo so`mmasi qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha.

Shahrisabz shahar adliya boʻlimi tomonidan oʻtgan davrda fuqarolarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirishga qaratilgan jami 771 ta targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan. Shundan ommaviy axborot vositalarida 638 ta, ogʻzaki 107 ta va 26 ta koʻrgazmali targʻibot tadbirlarini tashkil etadi.

Boʻlim tomonidan 2023-yilning 6 oyida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha 11 takliflar berildi.

 

 


Рўйҳатга қайтиш