05.07.2023

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 4 314 ta murojaatning 3 793 tasi hal etilib, shundan 2 036 tasi yoki 53,7 foizi qanoatlantirildi, 1 757 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 756 ta murojaatning 736 tasi hal etilib, shundan 136 tasi yoki 18,5 foizi qanoatlantirildi, 600 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 63 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jami 76 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 318 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 14 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 443 ta takliflar ishlab chiqildi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan
taʼsir choralari boʻyicha

Boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan hisobot davrida jami 113 ta oʻrganish va 890 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 1 285 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi hamda ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida 37 437 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 1 353 ta taqdimnoma, 525 ta maʼmuriy va 2 ta jinoiy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 1 608 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 457 nafar shaxs intizomiy (shundan 13 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 503 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 1 891 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi, shuningdek, 211 mlrd. 295 mln. soʻmdan ortiq pul mablagʻlagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.
Hisobot davrida sudlarga 10 mlrd. 013 mln. soʻmlik 819 ta daʼvo arizalari kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 8 mlrd. 708 mln. soʻmlik 800 ta daʼvo arizalari qanoatlantirildi.

Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boʻyicha

Boshqarma tomonidan 2023-yil 1-iyul holatiga koʻra jami 568 ta nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 395 tasi davlat roʻyxatiga, 173 tasi hisob roʻyxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek, 188 ta diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 186 tasi islom diniga mansub boʻlsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

Advokatura sohasi boʻyicha

Boshqarma tomonidan 2023-yil 1-iyul holatida jami 442 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan boʻlib, shundan 291 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 1 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar,
20 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 130 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati boʻyicha

Markazlar tomonidan jami 191 176 ta yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan.
Ushbu hujjatlardan 183 489 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 7 688 tasi qonunchilikka zid boʻlganligi sababli rad qilingan.
Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 487 ta talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan sudlarga
215 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi sohasi boʻyicha

Davlat xizmatlari markazlariga hisobot davrida jami 523 235 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 441 901 tasi fuqarolarning shaxsan oʻzi orqali,
81 334 tasi internet orqali murojaat qilgan.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlarning 515 425 tasi hal etilgan va 7 810 tasi rad etilgan.
FHDYO boʻlimlari tomonidan hisobot davrida 22 357 ta
(11 771 ta oʻgʻil, 10 586 ta qiz) tugʻilish, 5 532 ta nikoh, 929 ta nikohdan ajralish, 5 027 ta oʻlim, 1 227 ta otalikni belgilash,
87 ta farzandlikka olish, 379 ta dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish harakatlari amalga oshirilgan.
FHDYO harakatlari amalga oshirilishi natijasida 982 mln.
797 ming soʻmlik davlat boji, 849 mln. 460 ming soʻmlik gerb yigʻimi hamda 947 mln. 338 ming soʻmlik pullik xizmat toʻlovlari undirildi.

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan jami 12 428 ta, shundan 8 923 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 2 736 tasi ogʻzaki, 769 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 720 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan huquqiy targʻibotlar boʻlsa, 2 241 tasi manzilli huquqiy targʻibotlar hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyat
adliya boshqarmasi

Рўйҳатга қайтиш