05.04.2023

Shahrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar

Shahrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yilning 1-choragi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 141 ta murojaatning 138 tasi hal etilib, shundan 98 tasi yoki 75,6 foizi qanoatlantirildi, 40 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil 9 oyi davomida tumandagi davlat notarial idoralari notariuslar bilan birgalikda tumandagi 57 ta MFYlardan 16 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari adliya boʻlimining telegram hamda “facebook”dagi sahifalariga keng yoritib borilgan.

Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 160 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 35 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2023-yilning 1-choragi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida oʻrganib chiqilib, qarorlar va farmoyishlarni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2 ta taqdimnoma kiritildi.

Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 3 ta takliflar berildi.

Adliya boʻlimi tomonidan hisobot davrida jami 3 ta oʻrganish va 22 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 57 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida
490 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 253 ta tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi.

Xususan, 31 ta taqdimnoma, 5 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 201 ta ogohnoma hamda 16 ta daʼvo arizalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 55 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan, 19 ta davlat tashkiloti hujjatlari bekor qilingan hamda fuqarolarga 411 106 100 soʻmlik mablagʻ undirib berilgan.

Bundan tashqari kirtilgan 16 ta daʼvo arizalarning, 13 tasi qanoatlantirilgan.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 3 oyi davomida jami 243 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 173 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 51 tasi ogʻzaki, 19 tasi koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 39 tasi manzilli targʻibot va 6 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan targʻibot tadbirlaridan iboratdir.

Shahrisabz tuman adliya boʻlimi boshligʻi Sh.Uzakov


Рўйҳатга қайтиш