05.04.2023

Kitob tuman adliya boʻlimining 2023 yil 1-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya boʻlimlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

 

Boʻlim tomonidan 2023-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 85 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan boʻlib, shundan 64 ta yoki 74,5 foizi qanoatlantirilgan, 21 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 13 ta joyiga chiqib oʻrganilgan).

 

Oʻtkazilgan   sayyor    qabullar

 

Boʻlim tomonidan 2023-yilning 1-choragi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 11 ta MFYlarda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 147 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 12 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 9 tasi qanoatlantirilgan va 3 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan
3 tasiga rozilik vizasi qoʻyildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha 1 ta taqdimnoma kiritildi.

 

     Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʼsir choralari boʻyicha

 

Boʻlim tomonidan hisobot davrida jami 3 ta oʻrganish va 20 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish davomida 56 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu oʻrganishlar natijasida 324 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 28 ta taqdimnoma,
97 ta ogohnoma, 6 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, maʼmuriy takliflar kiritildi.

 

                                              Natijada

 

- 3 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 338 mln. soʻm pul mablagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.

 

- 13 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.

 

Bundan tashqari, boʻlim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 33 ta daʼvo ariza va arizalar kiritilib toʻliq qanoatlantirilgan, 315 mln. soʻm manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2023-yilning 1-choragi davomida jami 775 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 702 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 61 tasi ogʻzaki, 12 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 61 tasi manzilli targʻibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Kitob tuman adliya

boʻlimi boshligʻi                                                 R.Muhammadiyev

                                                                                             


Рўйҳатга қайтиш