05.04.2023

DEHQONOBOD TUMAN ADLIYA: 2023-YIL 1-CHORAK SARHISOBI.

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 79 ta murojaatning 40 tasi hal etilib, shundan 19 tasi qanoatlantirilgan, 21 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 5 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 4 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 30 tasi qoldiq bo‘lib qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil 1-chorak davomida boshqarma bilan birgalikda tumandagi 13 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 145 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 7 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 3 tasi
(3 tasi Xalq deputatlari tuman Kengashi loyihalari) barchasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qabul qilingan qarorlari va farmoyishlari monitoring asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 3 ta taqdimnoma kiritilib, 33 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan qarori bandi hamda 1 ta normativ-huquqiy tusdagi qarori bekor qilindi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 1-choragi davomida jami 3 ta o‘rganish va 23 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 49 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 831 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 97 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 36 ta taqdimnoma, 30 ta ogohnoma va 4 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif (bayonnoma)lar va 27 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 7 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 34 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan, 266 056 700 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 4 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida
27 ta 375 216 100 so‘mlik da’vo arizasi sudga kiritilgan bo‘lib, ushbu da’vo arizalari qoldiqda.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil 1-choragi davomida jami 446 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 319 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 111 tasi og‘zaki, 16 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Рўйҳатга қайтиш