05.04.2023

2023 yil 1-chorak sarhisobi

2023-yilning I-choragi davomida Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining “2023-yilda Qarshi shahrida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2023-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi  huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

“Normativ — huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga koʻra, ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat sifatida eʻtirof etilishi belgilangan.

Qonunning 25-moddasiga koʻra, normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan oʻtkazilishi shart, 27-moddasiga koʻra, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

2023-yilning I-choragi davomida Qarshi shahar adliya boʻlimi tomonidan
36 ta tashkilotlarda huquqni qoʻllash amaliyoti va norma ijodkorligi sohasida 3 ta oʻrganish, 18 ta monitoringlar oʻtkazilib, 554 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishi holati boʻyicha jami 32 ta taqdimnoma kiritilgan, kiritilgan taqdimnomalarning koʻrib chiqilishi natijalari yuzasidan 3 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 518 778 500 soʻm pul mablagʻlari jismoniy shaxslarga undirib berilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining жами 6 ta qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.

Boʻlim tomonidan 2023-yil I-chorak davomida 3 nafar shaxsga nisbatan maʻmuriy Maʻmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma yoki maʼmuriy taklif rasmiylashtirilib, natijasiga koʻra 3 nafar masʻul xodim maʻmuriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek 20 ta shahardagi tashkilotlarga qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslik xususida ogohnomalar kiritilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 55 ta
1 mlrd. 582 mln. 752,4 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida shahar adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil I-choragi davomida jami 193 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 137 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 50 tasi og‘zaki, 40 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 48 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Qarshi shahar adliya

         bo‘limi boshlig‘i                                                   M.Eshnazarov

 

 

 

 

 


Рўйҳатга қайтиш