05.04.2023

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2023-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi

   Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2023-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.

        Umumlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlandi.

        Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga

2023-yilning 1-choragi davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 2 072 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan

426 tasi yozma, 3 tasi elektron, 957 tasi ogʻzaki, 224 tasi veb-sayt orqali, 462 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan jami kelib tushgan murojaatlarning 302 tasi “Ishonch telefoni” orqali hisoblanadi.

        



 

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida murojaatlar 944 taga (3 016 ta) yoki 31.3 foizga kamaygan boʻlib, kamayganligining asosiy sababi sifatida murojaatlar joyiga chiqib, atroflicha o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilib berilayotganligini koʻrsatishimiz mumkin.

Kelib tushgan jami 2 072 ta murojaatlarning 953 tasi boshqarmaga,

1 119 tasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari hissasiga toʻgʻri keladi.

 

Boshqarma faoliyati boʻyicha:

Boshqarmaga kelib tushgan 953 ta (74 ta murojaat oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan, 302 tasi ishonch telefoni orqali, shundan 17 tasi oʻtgan yildan qoldiq) murojaatlarning 510 tasi Adliya vazirligidan kelib tushgan boʻlib, 772 tasi boshqarma apparatida koʻrib chiqilgan, 141 tasi tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborilgan, 2 tasi adliya boʻlimlariga yuborilgan, 8 tasi koʻrmasdanqoldirilgan, 104 tasi koʻrib chiqilmoqda.

Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 357 taga (596 ta) yoki 59.9 foizga koʻpayganligini koʻrishimiz mumkin.



Kelib tushgan jami murojaatlarining 378 tasi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid, 377 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 80 tasi notariat va advokaturaga oid, 64 tasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga oid, 21 tasi yuridik ximzmatlar faoliyatiga oid, 13 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilishga oid, 7 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 4 tasi inson resurslari sohasiga oid, 1 tasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid hamda 8 tasi boshqa yoʻnalishda hisoblanadi.



Boshqarmaga 2023-yilning 1-choragi davomida kelib tushgan murojaatlarning 788 tasi shikoyat va 165 tasi ariza shaklidagi murojaat turlari hisoblanadi.

Boshqarmaga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyati boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 346 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 105 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 38 tasi notariatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 32 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan,

20 tasi advokaturaga oid, 17 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 15 tasi yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 13 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, kommunal toʻlovlar va ta’limga oid 8 tadan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.



Hisobot davrida kelib tushgan 953 ta murojaatlarning 772 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 225 tasi yoki 21.9 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 29.1 foizi) qanoatlantirilgan, 547 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 27 tasi joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, 34 tasi boʻyicha mutaxassis jalb etilgan), 143 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, 8 tasi koʻrilmasdan qoldirilgan (yoki anonim), 104 tasi ish yurituvda qoldiq boʻlganligi sababli koʻrib chiqilmoqda (oʻtgan yildan 74 ta ariza-shikoyat va 17 ta “ishonch telefoni” boʻyicha qoldiq boʻlib oʻtgan).

 



Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 40 ta 418 mln. 183 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 23 ta taqdimnoma, 3 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 10 ta hujjat bekor qilingan, 3 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, taʼsir choralari natijasida 222 mln. 656 ming soʻmlik soʻmdan ortiq mablagʻ undirilishi belgilangan.

Misol uchun, fuqaro M.Rustamovaning muddatidan oldin pensiya chiqishida amaliy yordam berish haqida qilgan murojaati o‘rganib chiqilib, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga asosan xodimlar soni (shtati) qisqarganligi hamda 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lganligi sababli imtiyozli pensiyaga chiqish huquqi mavjudligi aniqlandi.

Shunga ko‘ra, Shahrisabz tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdimnoma berildi va fuqaro M.Rustamovaga muddatidan oldin pensiya tayinlandi.

Fuqaro U.Axmedovaning viloyat “Toza hudud” DUKdan noqonuniy ishdan bo‘shatilganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, fuqaro manfaatini ko‘zlab, FIB Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi va sud tomonidan ushbu da’vo ariza qanoatlantirilib, o‘z ish joyiga tiklandi.

Shuningdek, fuqaro D.Ro‘zieva bola parvarishi ta’tilidan o‘z ish joyiga tiklanishiga ruxsat etilmayotganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Qarshi shahar Tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi va natijada fuqaro D.Ro‘zieva avvalgi ish joyiga tiklandi.

Fuqaro M.Sirajidinova va boshqalarning pensiya yoshiga yetganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqilib, G‘uzor tuman Tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son Qaroriga asosan 2019-yil 1-maydan ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to‘lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanishi belgilangan.

Shu asosida kiritilgan taqdimnomaga asosan M.Sirajidinova va boshqalarga berilgan ogohlantirish xatlari bekor qilindi.

Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan hisobot davrida shaxsiy qabullar natijasida 21 ta hamda sayyor qabullar tashkil etilishida 16 ta, boshqarma apparati tarkibiy bzlinmalari xodimlari tomonidan 15 ta, jami 52 ta murojaatlar qabul qilingan.

Boshqarma rahbariyati va xodimlar tomonidan 36 ta murojaat bevosita boshqarma maʼmuriy binoda shaxsiy qabul qilingan, 16 tasi sayyor qabulda qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 43 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 4 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatilishga oid, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish hamda notariat va advokaturaga oid 2 tadan, 1 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 27 tasi qanoatlantirilgan, 25 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 462 tasi virtual qabulxona orqali yuborilgan boʻlib, 237 tasi qanoatlantirildi, 181 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 44 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib turibdi.

Boshqarma tomonidan 2023-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan boʻlib, muddat buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilmadi.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati boʻyicha:

Boshqarma tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2023-yilning

1-choragi davomida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, jami 1 119 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 819 tasi shikoyat, qolgan

300 tasi ariza shaklida hisoblanadi.

Adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 1 301 taga (2 420 ta) yoki 53.7 foizga kamayganligini koʻrishimiz mumkin.



Kelib tushgan 1 119 ta (oʻtgan yildan 48 ta murojaat qoldiq boʻlib oʻtgan) murojaatlarning 937 tasi hal etilgan boʻlib, hal etilgan murojaatlarning 681 tasi qanoatlantirilgan yoki 63,8 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 72,7 foizi) qanoatlantirilgan, 256 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 7 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 17 tasi tegishligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 206 tasi qoldiq boʻlib qolgan.



Murojaatlarni natijasi boʻyicha ulushlarga (foiz koʻrinishida) boʻlganda quyidagicha koʻrinadi:



Murojaatlarni tuman (shahar) adliya boʻlimlari kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, eng koʻp murojaatlar Shahrisabz tumaniga 141 ta, Qamashi tumaniga

120 ta, Kasbi tumaniga 92 ta, Kitob tumaniga 85 ta, Dehqonobod tumaniga 79 ta kelib tushgan boʻlsa, nisbatan kamroq Qarshi va Shahrisabz shaharlariga 54 tadan, Chiroqchi tumaniga 53 ta, Yakkabog‘ tumaniga 43 ta, Mirishkor tumaniga 41 ta, Muborak tumaniga 20 ta ariza-shikoyatlar kelib tushgan.



Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 75 ta taqdimnoma, 328 ta 3 mlrd. 171 mln. soʻmlik daʼvo arizasi, 4 ta maʼmuriy va 1 ta jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 1 nafar shaxsga nisbatan intizomiy va 3 nafar shaxsga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan, 5 ta hujjat bekor qilingan, taʼsir choralari natijasida 3 mlrd. 104 mln. soʻmdan ortiq mablagʻlar undirilishi belgilangan.

Adliya boʻlimlari tomonidan 2023-yilning 1-choragi davomida boshqarma masʼul xodimlari bilan birgalikda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 288 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, 578 ta murojaat bevosita addiya bo‘limi boshliqlari va xodimlari tomonidan maʼmuriy binoda hamda 54 tasi Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabul qilingan (jami 920 ta).

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 914 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid va 6 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 601 tasi qanoatlantirilgan, 150 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 6 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 9 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan, 192 tasi ish yurituvda qoldiq bo‘lib turibdi (o‘tgan yildan 38 ta murjaatlar o‘tgan).

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyat boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar

564 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 40 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 14 tasi soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan, 10 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 7 tasi taʼlimga doir, 4 tasi kommunal toʻlovlar yuzasidan, 3 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.



Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan 2023-yilning

1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirish natijalariga koʻra quyidagi xulosa kelindi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga va muddatlariga qatʼiy rioya etish hamda murojaat natijasi boʻyicha kiritilgan taʼsir choralari va ijrosi (oraliq va yakuniy javob xatlari)ni “av.ijro.uz” dasturiga muntazam kiritib borish;

2. Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, jumladan, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilinayotgan murojaatlarga zamin yaratmaslik, muomala madaniyatiga rioya qilish, qonun doirasida huquqiy yordam koʻrsatib borsin;

3. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning muammoli masalalarini hal qilib, huquqiy tomonlama koʻmak berish, eng koʻp murojaatlar tushayotgan masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazib borish;

4. Murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, uzoq hududlardagi aholining muammoli masalalarini koʻtarish va yechimini topish, qanoatlantirish darajasini oshirish, tegishligiga koʻra murojaatlarni kamroq yuborib, ularni imkon qadar koʻrib chiqish, murojaat natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllash;

5. Adliya bo‘limlari tomonidan “av.ijro.uz” dasturida ro‘yxatga olingan murojaatlar asosida hisobot tuzish, murojaatlarning turi, natijasini (qanoat, huquqiy tushuntirish, tugatish, tegishligiga ko‘ra yuborish) to‘g‘ri qayd etish, tegishli jurnallarda ro‘yxatga olish, ketma-ketligini buzmaslik kabi holatlarga jiddiy e’tibor qaratgan holda hisobot tuzish lozim boʻladi.


Рўйҳатга қайтиш