05.04.2023

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlari tomonidan 2023-yilning 1-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 2 072 ta murojaatning 1 709 tasi hal etilib, shundan 906 tasi yoki 53 foizi qanoatlantirildi, 803 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 302 ta murojaatning 292 tasi hal etilib, shundan 65 tasi yoki 22,3 foizi qanoatlantirildi, 227 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 45 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jami 55 ta taqdimnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 281 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 13 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 313 ta takliflar ishlab chiqildi.

 

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan
taʼsir choralari boʻyicha

Boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan hisobot davrida jami 58 ta oʻrganish va 553 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 770 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida
12 652 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 835 ta taqdimnoma, 144 ta maʼmuriy va 2 ta jinoiy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 1 234 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 341 nafar shaxs intizomiy (shundan 8 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 113 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 1 014 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi, shuningdek, 7 mlrd. 055 mln. soʻmdan ortiq pul mablagʻlagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.

Hisobot davrida sudlarga 5 mlrd. 515 mln. soʻmlik 512 ta daʼvo arizalari kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 4 mlrd. 336 mln. soʻmlik 387 ta daʼvo arizalari qanoatlantirildi.

 

Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boʻyicha

 

Boshqarma tomonidan 2023-yil 1-aprel holatiga koʻra jami
556 ta nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 380 tasi davlat roʻyxatiga, 176 tasi hisob roʻyxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek,
187 ta diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 185 tasi islom diniga mansub boʻlsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

Advokatura sohasi boʻyicha

 

Boshqarma tomonidan 2023-yil 1-aprel holatida jami
433 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan boʻlib, shundan 285 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 1 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar, 20 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 127 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati boʻyicha

 

Markazlar tomonidan jami 107 419 ta yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan.

Ushbu hujjatlardan 100 489 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 6 930 tasi qonunchilikka zid boʻlganligi sababli rad qilingan.

Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 321 ta talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan sudlarga
145 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.

Davlat xizmatlari koʻrsatilishi sohasi boʻyicha

 

Davlat xizmatlari markazlariga hisobot davrida jami 247 353 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 213 688 tasi fuqarolarning shaxsan oʻzi orqali,
33 665 tasi internet orqali murojaat qilgan.

Davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan murojaatlarning 239 543 tasi hal etilgan va 7 810 tasi rad etilgan.

FHDYO boʻlimlari tomonidan hisobot davrida 22 357 ta
(11 771 ta oʻgʻil, 10 586 ta qiz) tugʻilish, 5 532 ta nikoh, 929 ta nikohdan ajralish, 5 027 ta oʻlim, 1 227 ta otalikni belgilash,
87 ta farzandlikka olish, 379 ta dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish harakatlari amalga oshirilgan.

FHDYO harakatlari amalga oshirilishi natijasida 982 mln.
797 ming soʻmlik davlat boji, 849 mln. 460 ming soʻmlik gerb yigʻimi hamda 947 mln. 338 ming soʻmlik pullik xizmat toʻlovlari undirildi.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan jami 6 487 ta, shundan 4 941 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 1 219 tasi ogʻzaki, 327 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 315 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan huquqiy targʻibotlar boʻlsa, 1 102 tasi manzilli huquqiy targʻibotlar hisoblanadi.

 

Qashqadaryo viloyat

adliya boshqarmasi


Рўйҳатга қайтиш