05.04.2023

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2023-yil 3-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2023-yi 3-oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgan.

 

1.     Tug‘ilishni qayd etish yuzasidan.

 

Joriy yilning 3 oyi davomida tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 22 357 ta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, shundan 11 771 tasi o‘g‘il bolalar,
10 586 tasi qiz bolalarni tashkil etadi.

Shuningdek, tug‘ilishining muddatini o‘tkazib qayd etish holatlari 158 ta, topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilishini qayd etish 1 ta, o‘lik tug‘ilgan 185 ta, perinatal o‘lim holatlari 94 ta, yolg‘iz onadan tug‘ilganlar 421 tani tashkil etadi.

 

2.     Nikohni qayd etish yuzasidan.

 

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 5 532 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, shundan 2 tasi chet elliklar bilan, 9 tasi MDH davlatlari fuqarolari bilan, 18 tasi fuqaroligi yo‘q shaxslar bilan nikoh qayd etilgan bo‘lib, 1 ta holatda qayd etilgan nikoh haqiqiy emas deb topilgan.

 

3.     Nikohdan ajralganlikni qayd etish yuzasidan.

 

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan jami 929 ta nikohdan ajralganlik qayd etilgan bo‘lib, shundan voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinlarni ularning o‘zaro roziligiga ko‘ra FHDY organida 162 ta, er-xotin birinchi nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan 736 ta, er-xotindan biri takroriy nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan 28 ta, sud tomonidan ruhiyati buzilishi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan 4 ta, sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs bilan 5 ta hamda 454 ta qo‘shimcha asosda nikohdan ajralishni qayd etish amalga oshirilgan.

 

4.     O‘limni qayd etish yuzasidan.

 

Joriy yilning 3 oyi davomida 5 027 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, bir yoshgacha o‘lganlar 963 ta, muddatini o‘tkazib o‘limi qayd etilganlar 1 442 ta, sud qarori bilan 5 ta holatda o‘lim qayd etilgan.

Shuningdek, 1 227 ta otalikni belgilash qayd etilgan bo‘lib, shundan sud qarori asosida 4 ta, farzandlikka olish 87 ta dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.

 

Bundan tashqari, tiklangan dalolatnoma yozuvlari 6 ta, fuqarolarning familiya, ismi va otasining ismini o‘zgartirishlar soni 211 tani tashkil etadi.

Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritish ariza asosida 363 ta, sud qarori asosida 16 tadan iborat.

 


Davlat xizmatlari markazlari

va FHDY organlari faoliyatini

muvofiqlashtirish sho‘basi



Рўйҳатга қайтиш