07.04.2023

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi faoliyatidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishda boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish shu’basi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, bo‘lim tomonidan 2023-yilning birinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 377 ta murojaatning 268 tasi hal etilib, shundan 80 tasi yoki 21.5 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 30 foiz) qanoatlantirilgan, 188 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Shundan, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 28 ta murojaatning 27 tasi hal etilib, shundan 7 tasi yoki 19.6 foizi qanoatlantirilgan, 20 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra qonun hujjatlari ijrosining buzilishi, uning sabablari hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 9 ta taqdimnomalar kiritildi. Shuningdek, 2 nafar ma’muriy javobgarlikka tortildi va fuqarolarga jami 217 856 000 so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida 339 695 000 so‘mlik 33 ta da’vo arizalari kiritildi.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan 2023-yil birinchi choragi davomida o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida jami 20 ta taqdimnoma va 5 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada fuqarolar foydasiga 110 501 200 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 35 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 23 tasini ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 10 tasini og‘zaki, 2 tasini yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Biror bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi, chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi.

 

Inson huquqlarini himoya qilish

shu’basi boshlig‘i

E.Ismoilov 

 

 


Рўйҳатга қайтиш