07.04.2023

Nodavlat notijorat tashkilotlar sho‘basi tomonidan 2023-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yilning
I choragi davomida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish sohasida qator ishlar amalga oshirildi.
Hisobot davri yakuniga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlar soni jami
556 tani tashkil etib, shundan 380 ta yuridik shaxs maqomiga ega, 176 ta esa nodavlat notijorat tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmasi hisoblanadi. Diniy tashkilotlar soni 187 ta, shundan 185 tasi islomiy, 2 tasi noislomiy diniy tashkilot hisoblanadi.
Sho‘baga ushbu davr mobaynida 235 ta xat va hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 37 tasi nazoratga olingan, 198 ta ma’lumot sifatida qabul qilingan. 4 ta xat va hujjatlar Adliya vazirligidan topshiriq xat sifatida kelgan. Nazoratga olingan xat va hujjatlarning 31 ta o‘z vaqtida ijro etilgan.
Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi tomonidan 1 ta nodavlat notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan, 14 ta nodavlat notijorat tashkilotlari esa qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Hisobot davri davomida bo‘limga 7 ta murojaat (1 ta ariza, 6 ta shikoyat) kelib tushgan bo‘lib, shulardan 1 tasi qanoatlantirilgan, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Sho‘ba tomonidan jami 209 ta taqdimnoma, 113 ta ogohnoma, 13 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan. Natijada 4 ta shaxs ma’muriy javobgarlikka, 223 ta shaxs O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan intizomiy javobgarlikka, shu jumladan 4 ta xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingapn. Natijada fuqarolarga 1 800 000 so‘m undirib berilgan.
Hisobot davri davomida sho‘ba tomonidan 207 ta monitoringlar o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan monitoringlar natijalariga ko‘ra, jami 207 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, mazkur qonunbuzilish holatlarining oldini olish va kelgusida takroran sodir etmaslik maqsadida 207 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Bo‘lim tomonidan 3 marotaba tuman (shahar) lar miqyosida nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar vakillarini sayyor qabuli tashkil etilgan. Sayyor qabullarda ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilib, tashkilotlarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan fikr almashilgan.
Sho‘ba tomonidan ushbu davr mobaynida jami 34 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, shundan 2 marotaba televideniyeda, 4 marotaba radioda,
5 marotaba gazetada, 11 marotaba veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilingan. Mahallalarda, mehnat jamoalarida va boshqa joylarda 5 marotaba ma’ruza, 3 marotaba davra suhbati hamda 4 marotaba seminarlar tashkil etilgan.


Nodavlat notijorat
tashkilotlari sho‘basi
A. Xudayberdiyev


Рўйҳатга қайтиш