30.12.2022

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2022-yil 12-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M A ‘ L U M O T

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2022-yil 12-oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgan.

 

1.     Tug‘ilishni qayd etish yuzasidan.

 Joriy yilning 12 oyi davomida tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 9 9428 ta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, shundan 51 875 tasi o‘g‘il bolalar,

47 553 tasi qiz bolalarni tashkil etadi.

Shuningdek, tug‘ilishining muddatini o‘tkazib qayd etish holatlari 1 494 ta, topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilishini qayd etish 14 ta, o‘lik tug‘ilgan 835 ta, perinatal o‘lim holatlari 414 ta, yolg‘iz onadan tug‘ilganlar 1 812 tani tashkil etadi.

 

2.     Nikohni qayd etish yuzasidan.

 Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 32 213 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, shundan 4 tasi chet elliklar bilan, 36 tasi MDH davlatlari fuqarolari bilan, 98 tasi fuqaroligi yo‘q shaxslar bilan nikoh qayd etilgan bo‘lib, 3 ta holatda qayd etilgan nikoh haqiqiy emas deb topilgan.

 

3.     Nikohdan ajralganlikni qayd etish yuzasidan.

 Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan jami 3 493 ta nikohdan ajralganlik qayd etilgan bo‘lib, shundan voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinlarni ularning o‘zaro roziligiga ko‘ra FHDY organida 736 ta, er-xotin birinchi nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan 2635 ta, er-xotindan biri takroriy nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan 96 ta, sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxs bilan 3 ta, sud tomonidan ruhiyati buzilishi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan 6 ta, sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs bilan 15 ta hamda 1981 ta qo‘shimcha asosda nikohdan ajralishni qayd etish amalga oshirilgan.

 

4.     O‘limni qayd etish yuzasidan.

 Joriy yilning 12 oyi davomida 17 617 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, bir yoshgacha o‘lganlar 1 811 ta, muddatini o‘tkazib o‘limi qayd etilganlar 3 728 ta, sud qarori bilan 26 ta holatda o‘lim qayd etilgan.

Shuningdek, 5 433 ta otalikni belgilash qayd etilgan bo‘lib, shundan sud qarori asosida 164 ta, farzandlikka olish 369 ta dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari, tiklangan dalolatnoma yozuvlari 45 ta, fuqarolarning familiya, ismi va otasining ismini o‘zgartirishlar soni 469 tani tashkil etadi.

Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritish ariza asosida 1 618 ta, xulosa asosida 28 ta, sud qarori asosida 14 tadan iborat.

 

5.     Undirilgan to‘lovlar yuzasidan.

 Tuman (shahar) FHDY bo‘limi tomonidan joriy yilning 12 oyi davomida 3018864548 so‘m davlat boji, 1513084500 so‘m gerb yig‘imi

va 2216410935,66 so‘m pullik xizmat undirilgan.


Рўйҳатга қайтиш