30.12.2022

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalari tomonidan 2021-yil 12-oyi hamda 2022-yil 12-oyi yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qiyosiy-tahliliy MA’LUMOT

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 12 oyi davomida jami 896.838 ta xizmatlar ko‘rsatilgan. 2021 yil 12 oyi davomida 674.280 ta xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, xizmatlar soni 222.558 taga ko‘paygan.

Shundan 2022 yil 12 oyida Davlat xizmatlari markazlari orqali 780.878 ta va yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali orqali 115.960 ta xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2021 yil 12 oyi davomida Davlat xizmatlari markazlari orqali 606.702 ta va yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali orqali 64.450 ta xizmatlar ko‘rsatilgan.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 12 oyi davomida jami 9650 ta kichik biznes sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shundan MChJ 4313 ta, oilaviy korxonalar 1939 ta va xususiy korxonalar 2383 ta va boshqalar (FX, DUK, IChK, NTM) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, 2021 yil 12 oyi davomida tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 11217 ta kichik biznes sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, shundan MChJ 4824 ta, oilaviy korxonalar 1930 ta va xususiy korxonalar 2594 ta va boshqalar (FX, DUK, IChK, NTM) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 12 oyi davomida jami 30751 yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shundan 18.838 ta yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligi, 11.913 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik va boshqalar (hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, 2021 yil 12 oyi davomida tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 12.607 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, shundan, 785 ta yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligi, 10590 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik va boshqalar (hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 12 oyi davomida jami 5.351 ta kichik biznes sub’ektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, 2021 yil 12 oyi davomida 3.758 ta kichik biznes sub’ektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 12 oyi davomida jami yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari 1.848 ta qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, 2021 yil 12 oyi davomida 1.010 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.


Рўйҳатга қайтиш