30.12.2022

Chiroqchi tuman adliya bo‘limi - 2022 yil sarhisobi

Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib  tushgan  murojaatlarning  ko‘rib  chiqilishi  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 482 ta murojaatlarning 460 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilgan yoki 95 foizi hal etilgan bo‘lib, shundan 417 tasi yoki 90,6 foizi qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan, 43 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 15 tasi tegishli tartibda taalluqliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishlik uchun vakolatli organga yuborilgan, 5 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan.  (52 ta murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan   sayyor   qabullar

Bo‘lim tomonidan 2022 yil davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 59 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1500 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 89 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilingan.

Qonun hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  o‘tkazish  bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
10 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
10 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 9 ta taqdimnoma kiritilib, 4 ta qaror bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari  bo‘yicha

Bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 11 ta o‘rganish va 63 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 242 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 2479 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 728 ta  tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 223 ta taqdimnoma, 335 ta ogohnoma 29 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma va takliflar, 141 ta da’vo arizalari hamda kiritilgan taqdimnomalarga asosan 534 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror, farmoyish  va boshqa xujjatlar bekor qilingan.

                                          Natijada

- 15 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 1 720 737 900 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 21 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 8 nafar shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi ma’muriy bayonnoma va takliflar yildan qoldiq bo‘lib o‘tgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 141 ta da’vo ariza va arizalar kiritilgan, shundan 102 tasi qanoatlantirilgan, 515 620 300 so‘m manfaatdor shaxslar foydasiga undirilgan.

Bo‘lim tomonidan o‘tgan davrda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 16 ta takliflar berilgan.

Amalga  oshirilgan  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlari  bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022 yil davomida jami 1103 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 711 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 371 tasi og‘zaki, 21 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 371 tasi manzilli targ‘ibot va 55 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Chiroqchi tuman adliya bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш