30.12.2022

Yakkabog’ tuman adliya bo'limi: 2022-yil sarhisobi

Yakkabog’ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 346 ta murojaatlarning 330 tasi hal etilib, shundan 263 tasi yoki 79,7 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 79,7 foiz) qanoatlantirilgan, 67 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 9 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, qoldiqda murojaatlar qolmagan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2022-yil davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 62 ta MFYlardan 55 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 279 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 115 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 14 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 14 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022-yil davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 10 ta taqdimnomalar kiritildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jami 11 ta o‘rganish va 69 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 180 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 10 910 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 965 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 189 ta taqdimnoma, 517 ta ogohnoma va 17 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan va 140 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar natijasida 582 та qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 31 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 1 mlrd. 071 mln. 400 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 17 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 108 ta
1 mlrd. 143 mln. 303,8 ming. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida jami 1 428 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 019 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 353 tasi og‘zaki, 56 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 353 tasi manzilli targ‘ibot va 89 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Yakkabog’ tuman adliya bo‘limi 


Рўйҳатга қайтиш