30.12.2022

Nishon tuman adliya bo'limi: 2022-yil sarhisobi

Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 482 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 13 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 455 tasi hal etilib, shundan 359 tasi yoki 74,4 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 78,9 foiz) qanoatlantirilgan, 96 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, qoldiqda 25 ta murojaatlar qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2022-yil davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 36 ta MFYlardan 36 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1200 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 205 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 14 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 14 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022-yil davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 15 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 18 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jami 11 ta o‘rganish va 61 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 309 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 7194 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 769 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 227 ta taqdimnoma, 367 ta ogohnoma va 16 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan va 159 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 227 ta taqdimnoma, 16 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 367 ta ogohnoma kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 151 та qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 53 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 1 091 083 500 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 16 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 159 ta
784 946 900 so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida jami 1888 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1245 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 460 tasi og‘zaki, 183 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 460 tasi manzilli targ‘ibot va 236 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Nishon tuman adliya bo‘limi 


Рўйҳатга қайтиш