30.12.2022

Mirishkor tuman adliya boʻlimi: 2022 yil sarhisobi

Mirishkor tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil IV chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

Boʻlim tomonidan 2022-yilning IV choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 299 ta murojaatlarning 289 tasi hal etilib, shundan 226 tasi yoki 78 foizi qanoatlantirilgan, 63 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 8 tasi tegishligi boʻyicha yuborilgan, 2 ta murojaat hisobot davrida qoldiqda qolgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 15 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan
15 tasiga rozilik vizasi qoʻyilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha 13 ta taqdimnoma kiritilganib, 7 ta qaror qonunga muvofiqlashtirilgan.

 

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʼsir choralari boʻyicha

Boʻlim tomonidan hisobot davrida jami 12 ta oʻrganish va 65 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish davomida 233 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu oʻrganishlar natijasida 8237 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 173 ta taqdimnoma, 27 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 505 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 26 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 670 mln. 261 ming soʻmdan ortiq pul mablagʻlari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga oʻtkazilgan bayonnomalar natijasiga koʻra 25 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, boʻlim tomonidan hisobot davrida sudlarga
112 ta 526,4 mln. soʻmlik arizalar va daʼvo arizalari kiritilgan boʻlib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boʻlim tomonidan jami 1165 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 794 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 242 tasi ogʻzaki, 129 ta yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlaridan iboratdir.


Mirishkor tuman adliya boʻlimi 


Рўйҳатга қайтиш