30.12.2022

Koʻkdala tuman adliya bo'limi: 2022-yil sarhisobi

Koʻkdala tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

Boʻlim tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 93 ta murojaatlarning 83 tasi hal etilib, shundan 48 tasi yoki 57,6 foizi qanoatlantirilgan, 33 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, qoldiqda10 ta murojaatlar qolgan.

Adliya boʻlimi tomonidan oʻtgan 2022-yil davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 37 ta MFYlardan 37 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 986 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 51 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va

norma ijodkorligi boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 6 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 6 tasiga rozilik vizasi qoʻyilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022-yil davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida oʻrganib chiqilib, jami 3 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 2 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʻsir choralari boʻyicha

Boʻlim tomonidan 2022-yil davomida jami 6 ta oʻrganish va 47 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish davomida 252 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu oʻrganishlar natijasida 955 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 75 ta tegishli taʻsir choralari qoʻllanildi.

Xususan, 75 ta taqdimnoma, 171 ta ogohnoma va 1 ta jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 9 ta daʻvo arizalari kiritilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 75 ta taqdimnoma, 171 ta ogohnoma kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 39 ta qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 6 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan 120 751 000 soʻmdan ortiq pul mablagʻlari qonuniy egalariga qaytarilgan.

Bundan tashqari, boʻlim tomonidan hisobot davrida sudlarga 9 ta
8 424 000 soʻmlik arizalar va daʻvo arizalari kiritilgan boʻlib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil davomida jami 116 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 49 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 38 tasi ogʻzaki, 4 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 15 tasi manzilli targʻibot va 10 tasi uyma-uy borib oʻtkazilgan targʻibot tadbirlaridan iboratdir.


Koʻkdala tuman adliya boʻlimi 


Рўйҳатга қайтиш