30.12.2022

Koson tuman adliya boʻlimi: 2022-yil sarhisobi

Koson tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil 12 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

Boʻlim tomonidan 2022 yil 12 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 298 ta murojaatlarning 282 tasi hal etilib, shundan 231 tasi yoki 79.1 foizi qanoatlantirilgan, 61 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 6 tasi tegishligi boʻyicha yuborilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 13 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan
13 tasiga rozilik vizasi qoʻyilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha 8 ta taqdimnoma kiritilganib,                  6 ta qaror qonunga muvofiqlashtirilgan, 2 ta taqdimnoma qoldiqda qolgan.

 

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʼsir choralari boʻyicha

Boʻlim tomonidan hisobot davrida jami 11 ta oʻrganish va 131 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish davomida 179 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu oʻrganishlar natijasida 2ming  225 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 195 ta taqdimnoma, 18 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 453 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 18 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 1 mlrd. 102 mln. 905 ming soʻmdan ortiq pul mablagʻlari qonuniy egalariga qaytarilgan.

Kiritilgan maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga oʻtkazilgan bayonnomalar natijasiga koʻra 13 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlib, 5 ta maʼmuriy takliflar ijroda.

Bundan tashqari, boʻlim tomonidan hisobot davrida sudlarga
122 ta 742 mln. 9656 ming. soʻmlik arizalar va daʼvo arizalari kiritilgan boʻlib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boʻlim tomonidan jami 1 ming 284 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 627 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 559 tasi ogʻzaki, 98 ta yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlaridan iboratdir.


Koson tuman adliya boʻlimi 


Рўйҳатга қайтиш