30.12.2022

Dehqonobod tuman adliya bo'limi: 2022-yil sarhisobi

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 431 ta murojaatning 411 tasi hal etilib, shundan 343 tasi yoki 79,6 foizi qanoatlantirilgan, 68 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 14 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 7 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 1 tasi qoldiq bo‘lib qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida boshqarma bilan birgalikda tumandagi 49 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1035 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 148 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 17 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 17 tasi
(8 tasi Xalq deputatlari tuman Kengashi loyihalari va 9 tasi tuman hokimi qarori loyihalari) barchasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qabul qilingan qarorlari va farmoyishlari monitoring asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 11 ta taqdimnoma kiritilib, 6 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan qarori bandi hamda 2 ta normativ-huquqiy tusdagi qarori bekor qilindi.

Shuningdek, tumandagi 8 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ustavlaridagi tegishli bandlari, 45 ta MFY larning nizomlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan holda davlat xizmatlaridan qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, 33 ta tuman irrigatsiya bo‘limi va 1 ta tibbiyot birlashmasining noqonuniy qabul qilingan shartnomalari, 3 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining buyruqlari, tumandagi umumta’lim maktablarining buyruq va shartnomalari hamda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazining shartnomalari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida jami 11 ta o‘rganish va 99 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 246 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 8461 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 817 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 229 ta taqdimnoma, 431 ta ogohnoma va 30 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif (bayonnoma)lar va 127 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 37 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, shundar 2 nafar xodim bilag tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 8 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, 8 ta tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining nizomlari, 45 ta MFY nizomlari, 33 ta tuman irrigatsiya bo‘limi shartnomalar hamda 1 ta tuman tibbiyot birlashmasi shartnomasi, 3 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining buyruqlari, 49 ta umumta’lim maktablarining buyruq va shartnomalari hamda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazining 37 ta shartnomalari bekor qilinib qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan, 887 003 100 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 30 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida
117 ta 555 988 900 so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan bo‘lib, shundan 117 ta 555 988 900 so‘mlik sud buyrug‘i sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida 10 ta yuridik faktni belgilash bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudiga sud arizasi kiritilib, barchasi qanoatlantirildi.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida jami 1783 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1318 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 416 tasi og‘zaki, 49 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Dehqonobod tuman adliya bo‘limi 


Рўйҳатга қайтиш